O‘zbekiston | 11:53 / 10.10.2020
14636
1 daqiqa o‘qiladi

Milliy valutaning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursi 8,6 foizga qadrsizlandi - MB

Milliy valuta kursi yanvar-aprel oylarida 6,6 foizga pasaygan bo‘lsa, may-sentabr oylari davomida 2 foizga pasaydi. Bu haqda Markaziy bank ma'lumotida aytilgan.

Qayd etilishicha, 2020 yil 9 oyi davomida milliy valutaning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursi 8,6 foizga qadrsizlandi.

“Yil yakuniga qadar milliy valutaning almashuv kursi dinamikasi ichki va tashqi makroiqtisodiy omillar ta'sirida, ichki valuta bozoridagi mavjud talab va taklifning joriy nisbatidan kelib chiqib shakllanib boradi”, - deyiladi Markaziy bank xabarida.

Ta'kidlanishicha, ichki iqtisodiy faollikning tiklanish sur'atlari va asosiy tashqi savdo hamkorlardagi makroiqtisodiy sharoitlarda 2020 yil yakuniga qadar ichki valuta bozorida holatning nisbatan barqaror shakllanishi, almashuv kursining keskin tebranishlariga olib keluvchi fundamental omillar xatarlari ehtimoli pastligi kuzatilmoqda. 

“Yil so‘ngiga qadar ichki valuta bozorida xorijiy valutaga bo‘lgan talab va taklif mutanosibligini saqlash yuzasidan yetarli sharoitlar mavjud”, - deyiladi ma'lumotda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid