Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning elektronika ishlab chiqaruvchi eng qimmat kompaniyasi ma'lum qilindi
Huawei korporatsiyasi Xitoyda maishiy elektronika ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalarning 2020 yilgi reytingi yetakchisiga aylandi. Reyting kompaniyalarning bozor qiymati hisobga olingan holda tuzilgan. Unga ko‘ra, Huawei kapitallashuvi 1,1 trln yuanni (163,8 mlrd dollar) tashkil qiladi.
Foto: Mark Schiefelbein / AP
“2019 yilga nisbatan kompaniyaning bozor qiymati 100 mlrd yuanga (14,89 mlrd dollar) kamaydi. Bu AQSh sanksiyalari sababli yuz berdi, ular natijasida kompaniya ko‘plab qiyinchiliklarga uchradi”, deyilgan reytingga berilgan izohda.
Reytingning yetakchi beshtaligi quyidagicha ko‘rinish olgan:
1. Huawei (163,8 mlrd dollar)
2. Xiaomi (64,65 mlrd dollar)
3. VIVO (26,07 mlrd dollar)
4. OPPO (25,32 mlrd dollar)
5. DJI (14,88 mlrd dollar).
2019 yilda AQSh Huawei’ni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan. AQSh rahbariyatining fikricha, Huawei qurilmalari Xitoy foydasiga josuslik qilishda qo‘llanadi. Sanksiyalar doirasida AQSh kompaniyalariga Huawei va uning bo‘linmalariga AQSh hukumati ruxsatisiz texnologiyalar va butlovchi qismlar sotish taqiqlangan. 2020 yil avgustida AQSh Huawei’ga qarshi sanksiyalarini kengaytirgan.
Mavzuga oid
16:46 / 13.04.2026
CNN: Xitoy Eronga qurol-yarog‘ yetkazib berishga tayyorlanmoqda
18:04 / 12.04.2026
Xabarovsk o‘lkasida xitoylik ishchilar namoyish uyushtirdi
23:16 / 10.04.2026
Dunyodagi eng baland osmono‘par binolardan biri 18 yillik tanaffusdan so‘ng qurib bitkaziladi
21:28 / 10.04.2026