Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda koronavirusga qarshi vaksina sinovi noma'lum kasallik sababli to‘xtatildi
AQShning Johnson&Johnson kompaniyasi koronavirusga qarshi o‘z vaksinasi sinovlarini to‘xtatishga majbur bo‘lganini ma'lum qildi. Bunga esa vaksina sinovlarida ishtirok etayotgan ko‘ngillilardan birida noma'lum kasallik aniqlangani sabab bo‘lgan.
“Biz sinovlar ishtirokchisida noma'lum kasallik aniqlangandan keyin barcha tadqiqotlarimiz, jumladan 3-bosqich sinovlari doirasida vaksinaning tarqatilishini vaqtincha to‘xtatdik”, deyilgan kompaniya bayonotida. Kompaniyada ta'kidlanishicha, ishtirokchining holati Tadqiqotlar sub'yektlari xavfsizligi va ma'lumotlar monitoringi bo‘yicha mustaqil komissiya hamda bir qator tibbiy mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.
25 sentyabrda medRxiv saytida keltirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, kompaniya ishlab chiqayotgan vaksina klinik sinovlarning 1- va 2-bosqichida ishtirokchilarda koronavirusga qarshi barqaror immun javob ishlab chiqqan.
23 sentyabrda Johnson & Johnson klinik sinovlarning 3-bosqichini boshlagan. Tadqiqotda 3 ta qit'ada joylashgan 8 ta davlatda jami 60 ming kishi ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
08:10
Uitkoff: Tinchlikka erishish uchun bitta hal qiluvchi savol qoldi
07:50
Putin Kremlda Trampning vakillari bilan uchrashdi
23:36 / 22.01.2026
Tramp Grenlandiyani sotib olmoqchi – AQSh tarixda ko‘plab hududlarni sotib olgan
23:29 / 22.01.2026