Nest One jamoasi Samarqand shahri uchun yangi shartlar borasida taqdimot o‘tkazdi
Samarqandliklar uchun alohida loyihalar tayyorlandi.
Samarqand shahridagi Manresa restoranida O‘zbekistondagi birinchi osmono‘par bino Nest One'ning katta taqdimoti bo‘lib o‘tdi. O‘tgan yilning 14 sentabr kuni osmono‘par binoning turar joy majmuasi ko‘chmas mulklarining, 15 noyabrdan esa ofis xonalari savdosi boshlandi. Shunday qilib, ko‘pfunksional majmuaning alohida bo‘lgan turli yo‘nalishlarini ishga tushirgan holda, bugungi kunga kelib quyidagilar o‘z faoliyatini boshlab yubordi:
1. Nest One – turar joy majmuasi;
2. Nest One Offices – ofis xonalar;
3. Nest One Terrace – qulay va keng terrasalarga ega kvartiralar;
4. Gala by Nest One – bizning majmuamizning birinchi qavatidagi tijorat hududlari;
5. Smart by Nest – Samarqand uchun maxsus tayyorlangan, yangi loyiha.
Tadbirda Murad Buildings kompaniyasi asoschisi Murod Nazarov va Özgüven Mimarlik kompaniyasi egasi Ugur Ozer Ozguven ishtirok etdilar.
«Biz buyuk me'morlar avlodlari bo‘lgan ushbu xalqning oq fotihasini olish uchun Samarqandga tashrif buyurdik. Nest One ko‘plab samarqandliklarni qiziqtirib qolgani sababli, mazkur zaminga o‘zimiz kelishga qaror qildik», - dedi, Murod Nazarov.
Ta'kidlab o‘tilishicha, shu kungacha Nest One loyihasining 58% sotildi. Smart by Nest loyihasidan tashqari, Gala tijorat hududidagi yangi shoxobchalar kabi yangi loyihalar tayyorlandi va Toshkent shahridagi savdo ofisiga tashrif buyurgan chog‘ingizda kompaniya Hilton mehmonxonasida to‘xtab, qurilish jarayonini o‘z ko‘zingiz bilan kuzatish imkoniyatini sizga taqdim etadi.
«Hozirda bir turli xususiyatlarni o‘zida mujassam etuvchi, yuqori texnologik loyihani bunyod etmoqdamiz. O‘zbekiston Turkiya kabi seysmik hududdir. Mamlakatimizda bu kabi va hatto bunga o‘xshash loyihalar mavjud bo‘lmagani sababli, bizda seysmik ma'lumotlar yetarli emas edi. Biz qisqa muddat ichida xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda, ularni o‘zimiz tekshirishga muvaffaq bo‘ldik. Ushbu ma'lumotlarga tayangan holda, biz xalqaro muhandislarning rahbarligida yuqori texnologiyali maxsus texnikalar yordamida qurilish ishlarini boshlab yubordik», - dedi Ugur Ozer Ozguven.
Tadbir davomida restoran nomidan mehmonlarga qurib bitkazilgan Nest One binosi shaklidagi ulkan tort sovg‘a tariqasida taqdim etildi.
Bundan tashqari taqdimot o‘z yakuniga yetganidan so‘ng, kecha mehmonlari savdo-sotiq bo‘yicha menejyerlaridan individual konsultatsiya olishga muvaffaq bo‘ldilar. 10-13 oktabr kunlari esa Nest One jamoasi Dilimah mehmonxonasida individual taqdimot uchun mehmonlar tashrifini kutib qoladi.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampning boyligi o‘zi joriy etgan bojlar sabab 500 mln dollarga kamaydi
Jahon | 00:56
-
Muzlarning tez erishi Arktikadagi geosiyosiy poygani tezlashtirmoqda - Financial Times
Jahon | 00:24
-
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 08.04.2025
-
Rossiya aviakompaniyalariga chet el samolyotlarini ekipaji bilan birga ijaraga olishga ruxsat berildi
Jahon | 23:40 / 08.04.2025
Mavzuga oid

14:54 / 22.02.2024
Nest One haqida tarqatilgan mish-mish rad etildi

21:33 / 27.11.2023
Markaziy Osiyoning eng baland binolari: Nest One – ikkinchi

19:16 / 19.11.2023
O‘zbekistondagi ilk osmono‘par bino - Nest One qurilishi yakunlandi

10:00 / 31.10.2022