Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va BAA o‘rtasida yangi bitim kuchga kiradi. U bojxona sohasiga aloqador
2020 yilning 14 oktyabr kuni O‘zbekiston hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari hukumati o‘rtasida bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi bitim kuchga kiradi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, hujjat 2019 yil 25 mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan.
Bitim bojxona qonunchiligi buzilishi oldini olish, surishtirish va unga qarshi kurashishda o‘zaro yordam ko‘rsatish tartibini belgilaydi. Mazkur hujjat doirasida ikki mamlakat bojxona organlari ularning hududlarida amaldagi bojxona qonunchiligini buzish maqsadida foydalanilgani yoki foydalanilishi mumkinligi to‘g‘risida ma'lumot yoki shubha mavjud bo‘lgan shaxslar, tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida bir-birlariga ma'lumot taqdim etadi.
Hujjat o‘zaro tashqi savdo bo‘yicha statistika ma'lumotlarini «ko‘zguli statistika» tamoyili bo‘yicha ishonchliligini ta'minlash va tovarlarning bojxona qiymatini nazorat qilish, moddiy-texnik infratuzilmani mustahkamlash va kadrlar malakasini oshirish orqali bojxona ma'muriyatini modernizatsiya qilishga yordam beradi, deyiladi TIV xabarida.
Mavzuga oid
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
14:06 / 25.05.2026