2020 yilning 10 oktabr holatiga respublikaning 138dan ortiq hududida 726dan ziyod monitoring hamda ijtimoiy tarmoqda tarqalgan 60dan ortiq xabar yuzasidan örganişlar ötkazildi. Monitoring jarayonida majburiy mehnatdan aziyat çekkan 650 nafardan ortiq fuqaro aniqlanib, 18ta mansabdor şaxsga nisbatan majburiy mehnatga jalb qilganligi uçun 205 mln 160 ming söm miqdorida ma'muriy jarimalar qöllanildi.
Vazirlik xabarida aytilişiça, Surxondaryo viloyati Boysun tumani hamda Toşkent viloyati Böka tumani Obodonlaştiriş boşqarmasi boşliqlari 30 nafardan ortiq xodimini paxta yiğim-terimiga majburiy ravişda jalb qilingani yuzasidan ma'muriy jarimaga tortildi.
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Xalq ta'limi bölimi mudiri va Jarqörğon tumani “Xalq banki” rahbarlari ham majburiy mehnatga yöl qöyib berganligi uçun qonuniy javobgarlikdan çetda qolmadi.
Respublikaning barça tuman (şahar)larida band bölmagan aholini terimga jalb qiliş böyiça olib borilgan işlar, terimçilar uçun yaratilgan munosib mehnat hamda dam oliş şaroitlari, terim pullarining öz vaqtida va belgilangan me'yoriy summada berilayotganligi örganilganda, 72ta holatda mansabdor şaxslarga nisbatan munosib mehnat şaroitlari yaratilmagani uçun ma'muriy jarimalar qöllanildi.

Toşkent viloyatida 19ta, Xorazm viloyatida 12ta, Buxoro viloyatida 6ta, Namangan viloyatida 8ta va Surxondaryo viloyatida 7ta fermer xöjaligi rahbarlari munosib mehnat şaroitlari yaratmagani, terimçilar bilan mehnat şartnomalari tuzmagani va paxta terimi pullarini öz vaqtida bermagani uçun ma'muriy jarimaga tortildi.
Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining tegişli moddalariga köra, örganiş natijalaridan norozi bölgan mansabdor şaxslarning ma'muriy iş hujjatlari qonunçilikka muvofiq tegişli çora köriş maqsadida ma'muriy sudlarga taqdim etilmoqda.
Xorazm viloyatida 4ta holatda, Qoraqalpoğiston Respublikasida 1ta holatda, Namangan viloyatida 4ta holatda mehnat qonunbuzilişlari böyiça töplangan hujjatlar tegişli ma'muriy sudlarga taqdim etildi.
Fuqarolarning buzilgan mehnat huquqlarini tiklaş maqsadida aniqlangan mehnat qonunbuzilişlari yuzasidan Surxondaryo viloyatida joylaşgan 4ta fermer xöjaligi va klasteriga, Jizzax viloyatida joylaşgan 4ta davlat taşkilotlariga hamda Qoraqalpoğiston Respublikasida joylaşgan 1ta fermer xöjaligiga yozma körsatmalar berildi, majburiy mehnat holatlarini oldini oliş maqsadida Qaşqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga 1ta taqdimnoma kiritildi.












