Jamiyat | 08:34 / 14.10.2020
16856
2 daqiqa o‘qiladi

«Bor-budimiz olovda qoldi...» - Yong‘in sabab xonavayron bo‘lgan hamyurtimizga yordam zarur

2020 yil yil ko‘pchilikka og‘ir yil bo‘ldi. Ayniqsa, kunlik ish bilan ro‘zg‘or tebratib turgan ko‘pchilik vatandoshlarimiz ishsiz qolishdi. O‘zi shundoq ham qiynalgan vaziyatda yana bir sinov kelishi insonni ancha qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Bunday vaziyatdan chiqib olish uchun inson atrofidagi yaxshi insonlarning ko‘magiga muhtojlik sezadi.

29 sentabr kuni Azizbek Kulmetovning xonadonida yong‘in chiqadi. Yong‘in kuchayib, qo‘shni xonadonlarga ham o‘tadi. Bir necha kundan so‘ng bizga ushbu yong‘in haqida xabar berishdi. Vaziyatni o‘rganish maqsadida Toshkent shahri Olmazor tumani Ibrohim ota mahallasi 80-xonadonga bordik.

Yong‘in natijasida xonadon butunlay yonib ketganiga guvoh bo‘ldik. Uy egasi Azizbek Kulmetov opa-singillari va yaqinlari bilan yong‘in natijasida vayrona bo‘lgan uyda tozalash ishlarini olib borishayotgandi.

Azizbek Kulmetov

«Yong‘in natijasida hamma narsamizdan ayrildik. Hech narsamiz qolmadi. Hokimiyat vakillari kelishdi. Yordam beramiz deyishdi. Hozircha kutyapmiz. Tozalash ishlariga qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shnilar yordam berishmoqda...

Hujjatlarim ham yonib ketdi. Bir joyga murojaat qila olmayman. Imkoni borlardan yordam so‘rab qolaman...» – deydi uy egasi Azizbek Kulmetov.

Hamyurtimiz uy ta'miri bilan shug‘ullanib ro‘zg‘or tebratadi, tabiiyki, oilaning daromadi yuqori emas. Oila a'zolari ayni paytda qarindoshlarinikida vaqtincha yashab turibdi.

Aziz yurtdoshlar! Ofat natijasida uyi yonib, xonavayron bo‘lgan vatandoshimizga biroz e'tibor va yordamimiz zarur. Har birimizning ko‘nglimizdan chiqarib bergan xayriyamiz bir oilaning oyoqqa turib olishi uchun katta dalda bo‘ladi.

Bir insonning sinovli kunida yordam berib, uning mushkuli osonlashishiga sababchi bo‘laylik. Shoyad, ehsonlarimiz bizni do‘zax o‘tidan to‘sib tursa.

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun:

Azizbek Kulmetov nomiga ochilgan karta:

UzCard: 8600 0604 7849 3381 (Xalq banki)

Tel: +99897 411 20 49

Mavzuga oid