Jahon | 09:04 / 14.10.2020
5407
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Somalidan qo‘shinlarni olib chiqishni rejalashtirmoqda 

AQSh prezidenti Donald Tramp xorijdagi amerikalik harbiylarni uyga qaytarish bo‘yicha bergan saylovoldi va'dasini bajarib, Somalidagi qo‘shinlarni ortga qaytarmoqchi.

Bloomberg axborot agentligining xabar berishicha, Pentagon Somalidan qo‘shinlarni olib chiqish rejasini tayyorlashga kirishib ketgan. 

Trampning ushbu qarori AQShdagi ekspertlar tomonidan salbiy qabul qilingan.
 
“Agar AQSh Somalidagi qo‘shinlari sonini qisqartirsa, unda Somali hukumatining mamlakatdagi xavfsizlik ustidan shundoq ham kuchsiz nazorati yanada pasayadi”, deb aytgan AQShning BMTdagi sobiq doimiy vakili o‘rinbosari bo‘lgan Tomas Jyensen. Uning ta'kidlashicha, yuzaga keladigan vaziyatdan “Ash-Shabob” terrorchi guruhi foydalanishi mumkin.

AQShning Afrikadagi qo‘mondonligi ma'lumotlariga ko‘ra, Somalida 650dan 800gacha amerikalik harbiy bor. Somaliga qo‘shimcha kuchlar 2017 yilda aksilterrorchilik sa'y-harakatlari doirasida Tramp buyrug‘i bilan jo‘natilgan. Qo‘shinlarning hududdan olib chiqilishi “Ash-Shabob”ning kuchayishiga olib kelishi mumkin. 

Avvalroq Tramp Afg‘oniston, Germaniya va Suriyadagi qo‘shinlar sonini qisqartirishga va'da bergan.  

Mavzuga oid