Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuridik va jismoniy shaxslarga valuta ayirboshlash shoxobchalarini ochishga ruxsat berish taklif qilindi
Yuridik va jismoniy shaxslarga valuta ayirboshlash shoxobchalarini ochishga ruxsat berish taklif etilmoqda. “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida tegishli petitsiya e'lon qilindi.
Foto: Morteza Nikoubazl / Zuma / TASS
Qayd etilishicha, kundalik hayotda uchraydigan muammolardan biri - bu valuta ayirboshlash vaqtida banklarda navbat kutish. Soat 16:00dan keyin bankka kirishning imkoni yo‘q, chunki ish vaqti mijozlar uchun soat 16:00gacha qilib belgilangan. Dam olish kunlarida esa valuta ayirboshlashning umuman iloji yo‘q, chunki banklar ishlamaydi.
“Pandemiya davrida bu holat yanada qiyin kechmoqda. Misol tariqasida boshqa rivojlangan davlatlarni olaylik. Ularda yuridik shaxslarga valuta ayirboshlash shoxobchalarini ochish va faoliyat yuritishga ruxsat etilgan. Ishlash vaqti ham chegaralanmagan. Nima uchun, bizda aholiga shunday qulayliklar yaratishning imkoni yo‘q?” - deb yozadi murojaat muallifi.
Aholiga yanada qulayliklar yaratish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga valuta ayirboshlash faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish va bu holatni amaldagi qonunchilikda mustahkamlash taklif qilingan.
Mavzuga oid
21:30 / 29.12.2025
2025 yil o‘zbek so‘mi uchun qanday o‘tdi?
19:17 / 07.12.2025
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61 mlrd dollardan oshdi
22:15 / 04.12.2025
BRICS yagona valutasini joriy etishga shoshilishdan ma’no yo‘q – Putin
16:04 / 01.12.2025