Artel Ozarboyjonning yirik do‘konlar tarmog‘i – Baku Electronics bilan shartnoma tuzdi
Artel va Baku Electronics Ozarboyjondagi do‘konlar tarmog‘iga maishiy texnika yetkazib berish maqsadida kelgusi hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladilar. Yil oxiriga qadar eksportning umumiy hajmi 500 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
Artel eksport geografiyasini doimiy ravishda kengaytirishni davom ettirmoqda. Shu bois Ozarboyjon Respublikasidagi elektr maishiy texnikalarni sotish bo‘yicha eng yirik savdo tarmog‘i bo‘lmish Baku Electronics bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra Ozarboyjon aholisi ham yuqori sifatli va hamyonbop Artel texnikasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Baku Electronics kompaniyasi haqida
Baku Electronics Ozarboyjonda elektromaishiy texnika sotishga ixtisoslashgan birinchi chakana savdo tarmog‘i hisoblanadi. Butun Ozarboyjon hududini qamrab olgan ushbu kompaniyanig 20 dan oshiq filiali mavjud. Baku Electronics xalqaro taniqlikka ega bo‘lgan 60 dan ortiq brendlar bilan hamkorlik qiladi, jumladan APPLE, SONY, SAMSUNG, BOSCH, HP, CANON, INDESIT va boshqalar.
Yil oxiriga qadar Artel 500 ming AQSh dollari miqdorida maishiy texnika eksport qilishni rejalashtirgan. Kelgusi yilda bu ko‘rsatkichni 4 million AQSh dollarigacha yetkazish ko‘zda tutilmoqda. Xorijiy hamkorlar soni ko‘payishi har qanday kompaniyaning rivojlanishida muhim o‘rin egallaydi.
Chet el kompaniyalari bilan hamkorlik qilish korxonaga nafaqat «xalqaro» maqomini qo‘lga kiritish, balki mahsulot sifatini yanada yaxshilashga hissa qo‘shuvchi tajribaga ega bo‘lish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bu esa o‘z navbatida chet el korxonalari bilan munosib raqobatlashishga poydevor yaratadi.
Obuna bo‘ling va barcha yangiliklardan xabardor bo‘ling:
Artel rasmiy sayt: artelgroup.org/catalog-artel
Rasmiy sahifa: fb.com/arteluzb
Telefon: +998 78 148-88-88
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
18:17 / 28.02.2024
Artel 2026 yil yakuniga qadar Superliga titul homiysiga aylandi
16:22 / 06.02.2024
Jahongir Ortiqxo‘jayev: “Biz importga har qanday cheklov qo‘yishga qarshimiz, u bizga zarar”
21:55 / 23.01.2024
Ochiq muloqot: Maishiy texnikachilar va Otabek Bakirov bahsi
17:40 / 12.10.2022