Özbekiston taşqi reklama operatorlari hamda taşqi reklama konstruksiyalari egalari aynan uşbu filmdagi kabi e'tibordan çetda qolayotgan muammolar yuzasidan OAVga murojaat yöllagan. Anhor.uz naşri uşbu masalaga e'tibor qaratdi.

Bugungi kunda reklama konstruksiyalari egalari mablağlarini investitsiya qiliş örniga zaxira sifatida uşlab turişga majbur bölişmoqda. Bundan taşqari, ular reklama beruvçilar bilan uzoq muddatli şartnoma tuza olişmaydi, çunki duç kelgan vaqtda konstruksiyalari buzib taşlanişi mumkin.

«Humo media» reklama agentligi direktori Saveliy Sokolovning ta'kidlaşiça, hukumat reklama biznesi «islohoti» bilan 2018 yilda şuğullangan. Öşanda Vazirlar Mahkamasining «Taşqi reklamani joylaştiriş sohasidagi faoliyatni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilingan.

«Uşbu qaror kamçiliklar bilan bölsa-da işlab kelayotgan «Toşkentreklamaservis» davlat unitar korxonasi yöq bölişiga sabab böldi. Bir joyning özida şartnoma imzolanib, reklama pasporti rasmiylaştirilar va öşa yerning özida olinardi. Barçasi qaysidir ma'noda şaffof amalga oşirilardi. Lekin mazkur qaror kuçga kirgaç, reklamalar joylaştiriş böyiça şartnomalar imzolaş töxtab qoldi. Davlat ğaznasiga bu sohadan daromad kelmay qöydi», deydi u.

Sokolovning sözlariga köra, reglament işlab çiqilmagani sababli 10 oy davomida davlat budjetiga heç qanday mablağ kelib tuşmagan. Tadbirkorlar şartnoma imzolaş uçun tuman hokimliklariga qatnaşiga töğri kelgan.

«Qaror reklama bozorini yöq qilmasligini istardik»
2020 yil 20 fevral kuni Vazirlar Mahkamasining «Taşqi reklama bozorini tartibga soliş töğrisida»gi qarori qabul qilindi. Saveliy Sokolov mazkur qaror qabul qilinganidan söng reklama konstruksiyalari egalarida qator muammolar yuzaga keldi deb hisoblaydi.

«Uşbu qaror reklama bozorini yöq qilmasligini, unga adolatli özgartirişlar kiritilişini, aynan uşbu qonun muvofiqlaştiruvçi bölib xizmat qilişini, biz hokimiyatma-hokimiyat yugurib yurişimizning oldini olişini va bir joyda işimiz bitişini, şaffoflik bölişini hamda konstruksiyalar yoppasiga buzib taşlanmasligini istaymiz. Bugungi kunda Toşkentdagi 85 foiz konstruksiyalar qaror talablariga javob bermaydi. Nafaqat bilbordlar, balki tomlardagi konstruksiyalar ham talabga javob bermaydi», deydi Sokolov.