2021 yil 4 iyun kuni Xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşi poytaxt hokimligi xati asosida «Toşkent şahrida taşqi reklama faoliyatini tartibga soliş töğrisida»gi qaroriga özgartiriş kiritdi.

Hali jamoatçilikka rasman e'lon qilinmagan hujjatda (Kun.uz'da nusxasi mavjud) 2021 yil 1 apreldan 31 dekabrga qadar taşqi reklama obektlarini joylaştiriş, örnatiş, özgartiriş va pasportlarining berilişiga e'lon qilingan moratoriy bekor qilindi.

Toşkent şahar kengaşining yangi qarorida moratoriy e'lon qilingan eski band quyidagiça tahrir qilinişi belgilangan:

«Toşkent şahrida örnatilgan taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) xatlovdan ötkazib, yagona elektron reyestrni şakllantiriş maqsadida 2021 yil 1 apreldan 2021 yil 31 dekabriga qadar taşqi reklama sohasida barça tadbirkorlik sub'yektlariga teng şaroitlarni yaratib beriş hamda bu sohada korrupsiya holatlarining oldini oliş va tadbirkorlar bilan şartnomalar tuziş tizimini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida raqamlaştirişga ötkaziş çora-tadbirlari körilsin».

Kengaşning 2021 yil 27 martdagi 323/37-6-son qarorida uşbu band quyidagiça edi:

«Toşkent şahrida örnatilgan taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) xatlovdan ötkazib, yagona elektron reyestrni şakllantiriş maqsadida 2021 yil 1 apreldan 2021 yil 31 dekabriga qadar taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) joylaştiriş, örnatiş, özgartiriş va pasportlarining berilişiga moratoriy e'lon qilinsin».

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Bir qança vaqt avval Biznes-ombudsman Kun.uz'ga Xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşining 27 martdagi uşbu qarori reklama konstruksiyalari demontaj işlarini amalga oşirişga asos sifatida körsatilayotganini bildirgan edi. Lekin, Biznes-ombudsmanga köra, qarorda demontaj böyiça topşiriq ketmagan va hujjat umummajburiy xususiyatga ega bölgan normalarni öz içiga olgan bölişiga qaramay, adliya organlarida huquqiy ekspertizadan ötkazilmagan.

Şundan kelib çiqib, kengaş qarori qonuniyligiga baho beriş uçun Senatga sörov kiritilgan.