Dastlabki örganişlarga köra, tadbirkorlarga tegişli reklama konstruksiyalarining demontaji Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining 2021 yil 27 martdagi 323/37-6-sonli “Toşkent şahrida taşqi reklama sohasidagi faoliyatni tartibga soliş töğrisida”gi qarori asosida amalga oşirilmoqda.
Biznes-ombudsman tomonidan yuqoridagi qarorning qonuniyligi örganilganda, “Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi qonunning 21 va 22-moddalari talablariga asosan, uşbu qaror loyihasi adliya organlarida ekspertizadan ötkazilmagani aniqlandi.
“Şundan kelib çiqib, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatidan Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining yuqoridagi qarorning qonuniyligiga baho beriş hamda vakolat doirasida uning qayta körib çiqilişida amaliy yordam beriş söraldi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Ta'kidlanişiça, ayni paytda biznes-ombudsman idorasi tomonidan uşbu holat yuzasidan qöşimça örganişlar olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, şu yilning aprel oyida Kun.uz'ga murojaat qilgan bir guruh tadbirkorlar Toşkent şahrida ularga tegişli taşqi reklama obektlari mahalliy hokimiyatlar tomonidan heç qanday hujjatsiz buzib taşlanayotganidan şikoyat qilişgan edi.
Kun.uz suriştiruvi davomida poytaxt köçalaridagi reklama bilbordlariga keng miqyosli «snos» e'lon qilingani, reklama konstruksiyalari sud qarorisiz buzilayotgani, bu jarayonda tadbirkorlar huquqlari poymol etilayotgani ma'lum bölgandi.
Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi Toşkentdagi reklama obektlarini tartibga keltirişda taraflarni qonunlarga rioya qilişga çaqirgan edi.
Ijtimoiy tarmoqlarda taşqi reklama obektlari mahalliy hokimiyatlar tomonidan heç qanday hujjatsiz buzib taşlanayotgani va bunga nisbatan mas'ullar tomonidan heç qanday çora körilmayotgani ortidan tadbirkorlar öz mulklarini himoya qilişning noodatiy usulidan foydalanişayotgani aks etgan suratlar


















