10:44 / 16.10.2020
4212

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida futbol bo‘yicha Toshkent shahar birinchiligi o‘tkazildi

Umumta'lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Oltin kuzda sport bilan” shiori ostida sportning futbol turi bo‘yicha Toshkent shahar ochiq birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2019 yil 19 martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishni oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor majlisi bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, shuningdek, yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarni sportga keng jalb etish, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullantirish samaradorligini yanada oshirish borasida O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi ko‘plab sport tadbirlari o‘tkazib kelmoqda.

Jumladan:

  • Joriy yilning 12-13 oktabr kunlari Toshkent shahrida umumta'lim maktab o‘quvchilarining 2005-2006, 2007-2008 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida “Oltin kuz sport bilan” shiori ostida sportning futbol turi bo‘yicha Markaziy kengashi sovrini uchun Toshkent shahar ochiq birinchiligi musobaqasi tashkil etildi va o‘tkazildi.

Mazkur sport musobaqalarida jami 510 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. Ushbu qiziqarli va murosasiz kechgan bahsda jamoalar quyidagi o‘rinlarni egalladi.

2005-2006 yillar o‘rtasida:

1-o‘rinni Chilonzor tumani;

2-o‘rinni Yunusobod tumani;

3-o‘rinni Yashnobod tuman jamoalari qo‘lga kiritdi.

2007-2008 yillar o‘rtasida:

1-o‘rinni Chilonzor tumani;

2-o‘rinni Uchtepa tumani;

3-o‘rinni Yashnobod tuman jamoalari qo‘lga kiritdi.

Musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar, jamoalar O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan diplom, medal, kubog va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati matbuot xizmati

Mavzuga oid
Top