Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda bir necha shifokorning malaka toifasi sertifikati qalbaki bo‘lib chiqdi - Tergov departamenti
Sog‘liqni saqlash vazirligining ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati tomonidan Namangan viloyati Chust tumani tibbiyot birlashmasida masofadan turib monitoring tekshiruvi o‘tkazilgan.
Foto: Getty Images
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, unda bolalar psixiatriyasi, anesteziologiya va reanimatologiyasi, umumiy amaliyot shifokori, nevrologiya, umumiy xirurgiya mutaxassisliklari uchun bir necha shifokorlarning malaka toifasi berilganligi to‘g‘risidagi sertifikati qalbaki ekanligiga shubha tug‘ilganligi sababli tekshirib ko‘rish uchun olingan hamda malaka toifasi sertifikatlarining qalbakilashtirilgan holatiga aniqlik kiritish uchun Chust tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limiga yuborilgan.
Tergovga qadar tekshiruv davrida o‘tkazilgan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB EKBning tadqiqotlar xulosasiga ko‘ra, malaka toifasi sertifikatlaridagi muhrlar izi kompyuter qurilmasining rangli oqimli printeri yordamida tayyorlanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chust tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan G.N., S.N., M.J., I.Yu. va O.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:10 / 19.02.2026
Norinda kunduzgi parvarish xizmati tarbiyalanuvchisi YTH oqibatida halok bo‘ldi
08:36 / 19.02.2026
Namanganda ikki “Damas” to‘qnashdi: 1 kishi halok bo‘ldi
12:38 / 13.02.2026
Toshkentda sertifikatsiz dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
12:25 / 11.02.2026