Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShda o‘z olimlarining ta'qib etilishi uchun javob choralari ko‘rishidan ogohlantirdi
Xitoy Vashingtonni AQShdagi xitoylik olimlar sud tomonidan ta'qib etilayotganiga javoban choralar ko‘rishidan ogohlantirdi. Jumladan, Pekin Xitoydagi AQSh fuqarolarini hibsga olishi mumkinligini ta'kidlab o‘tgan.
The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Xitoy shu yo‘l bilan AQSh adliya vazirligi tomonidan “harbiylar bilan bog‘liq xitoylik olimlar”ning ta'qib etilishiga javob bermoqchi.
Avvalroq AQSh rasmiy idoralari AQShda ishlovchi xitoylik olimlarni Xitoy xalq-ozodlik armiyasi bilan aloqadorlikda ayblagandi. Shundan keyin Vashington ko‘plab xitoyliklarning vizasini bekor qilgan.
Iyul oxirida AQSh davlat departamenti Xitoyni koronavirusga qarshi vaksina haqidagi ma'lumotlarni o‘g‘irlashda gumon qilingan xakerlarni moliyalashtirishda ayblagan. Shu sababli AQSh 22 iyulda Xitoydan 72 soat ichida Xyustondagi bosh konsulxonasini yopishni talab qilgan. Bunga javoban Xitoy AQShga Chendudagi konsulxonani yopish talabini qo‘ygan.
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
11:00 / 26.06.2026