Humo Air faoliyatini boshladi. Asosiy buyurtmalar – qishloq xo‘jaligi sohasida
«AN-2» samolyotlaridan bir soat foydalanish narxi Qoraqalpog‘istonda 7 mln so‘mdan biroz oshiqroq ekani ma'lum qilindi.
Hukumatning shu yil 20 yanvardagi qarori bilan «Maxsus aviatsiya ishlari aviakompaniyasi» DUK balansida bo‘lgan «An-2» rusumli havo kemalari, tegishli aviatsiya mulki va boshqa mol-mulklar «Uzbekistan Airways» AJ tarkibidan chiqarilgan holda, «Humo Air» MChJ tasarrufiga o‘tkazilgan edi.
Kun.uz Transport vazirligi matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatovdan olgan ma'lumotga ko‘ra, Humo Air O‘zbekiston bo‘ylab xizmat ko‘rsatishni boshlagan.
Unga ko‘ra, Humo Air mahalliy aviaxizmatlarni ko‘rsatishga ixtisoslashgan bo‘lib, istaganlar uning xizmatidan buyurtma asosida foydalanishi mumkin.
«Masalan, Qoraqalpog‘istonda «AN-2» samolyotlari xizmatidan bir soat foydalanish qiymati 7 mln so‘mdan sal ko‘proqni tashkil etadi. Ayni paytda asosiy buyurtmalar qishloq xo‘jaligi sohasiga to‘g‘ri kelmoqda», – dedi Navro‘z Ashurmatov.
Tavsiya etamiz
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiy bo‘ladi
O‘zbekiston | 10:52
-
Rossiya dronlari Mikolayiv va Sumiga hujum qildi
Jahon | 10:45
-
Ichki ishlar organlarida ma’muriy konvoy guruhlari tashkil qilinadi
O‘zbekiston | 10:21
-
«Barselona» va «Atletiko»da dahshatli kambek. Kun o‘yinlari
Sport | 10:13
Mavzuga oid
16:48 / 18.03.2024
Humo Air reyslarni bekor qilishda qonunni buzgan - Raqobat qo‘mitasi
18:52 / 29.02.2024
Humo Air 10 martdan mahalliy qatnovlarni to‘xtatadi
13:00 / 13.09.2023
“Humo Air” aviakompaniyasi vakillari transport vaziri Ilhom Mahkamov bilan uchrashdi
14:43 / 16.12.2021