Iqtisodiyot | 19:25 / 19.10.2020
3610
2 daqiqa o‘qiladi

Savdo-sanoat palatalari Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida videokonferensaloqa shaklida Ijroiya qo‘mitaning yig‘ilishi va Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Savdo-sanoat palatasi

Yig‘ilish Tog‘li Qorabog‘dagi janglarda halok bo‘lganlar va koronavirus qurbonlari xotirasiga Qur'on tilovati bilan boshlandi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.  

O‘zbekiston SSP raisining birinchi o‘rinbosari I.Jasimov o‘z nutqida so‘nggi ikki yil ichida O‘zbekiston tashkilot faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgani, shuningdek respublika Savdo-sanoat palatasi birinchi marta Tehronda 2018 yilda bo‘lib o‘tgan ijroiya qo‘mita yig‘ilishida qatnashganini ta'kidladi.

Ma'lum qilinishicha, investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish mamlakatlar o‘rtasidagi sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.  

Bundan tashqari uchrashuv davomida ishtirokchilar ixtisoslashtirilgan qo‘mitalar yig‘ilishlari natijalari bilan tanishdi.

Ma'lumot uchun: Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti mintaqaviy, davlatlararo iqtisodiy tashkilot bo‘lib, uning tarkibiga 10ta davlat - Eron, Pokiston, Turkiya, Qozog‘iston, Ozarboyjon, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston kiradi.

Savdo-sanoat palatalari Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti - unga a'zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ixtisoslashgan organ.

Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy o‘zaro aloqalarni kengaytirish, kichik va xususiy biznes o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatishda yordam berish, transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlik hamda turizm sohasidagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirish hamkorlikning eng ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi.

Mavzuga oid