Hammaning öz haqiqati bor, deganlari şudir balki…

Hozir hokim haqida gapirmoqçiman. Endi u sobiq… Ertalab vafot etgani haqida öqidim.

A'zamxon Bahromov Samarqand viloyatida hokim bölgan. Bir neça yilga qamalgan. Turli miş-mişlar, gap-sözlar yurardiki, u kişi heç qaçon «çiqmaydi». Yöq, çiqdi. Bir muddat Qöşrabotda va sönggi vaqtlarda Kattaqörğon tumanida işlayotgandi.

Şu odam haqida ikki oğiz. Fikrim A'zamxon Bahromov haqida biroz iliq tuyulsa, ikkilanmang. Çoy içadigan darajada tanişligim yöq. Hatto u kişining hozir ham nima sababdan, qanday xastalik bilan vafot etganini bilmayman.

2007 yilning kuz oylari, Bahromov viloyatda hokim edi. Akamda diniy ilm bor, öşa paytlarda ham madrasada öqirdi, ham Samarqanddagi bir majmuada qorovullik qilardi. Yarim tunda qadamjo darvozasi qattiq taqillaydi. Akam çiqib qarasa, tört-beş çoğli odam. Qolganlari oldindagisiga hurmat körsatib turibdi.

Akamning holati hokimni qanoatlantirmaydi. Boşyalang, paypoqsiz kalişda va mulozamatni bilmaydigan odam kimga ham yoqardi.

Majmua içiga kirgaç, hokim yon-atrofga qaraydi. Kimdir tilovat qilişi kerak. «Öqişni bilasanmi?» söraydi akamdan. Akam qiroat qiladi. Bahromovning qiyofasi özgarib boraveradi va tilovat qilayotgan yigitçaga yaqinroq surilib kelaveradi. Majmuani tark etarkan, qorovulni «siz»laşga ötgandi. «Ilm egalarini, ayniqsa, madrasada tahsil olayotganlarni qöllaşimiz, hurmat qilişimiz kerak, işxonamga öting», deb çiqib ketadi.

Şu joyga kelganda, akasi hokimning yoniga borgan ekanda keyinçalik deb öylamang, akam Bahromovni keyin qaytib körmagan ham.

Öylayapman, hokim yarim tunda diniy majmuaga nega boradi? Nega tilovat eşitgisi keladi? 

Ikkinçi voqea. Ötgan yili Kattaqörğon tumanida press-tur ötkazildi.

Töliq tafsilotini gapirib ötirmayman. Muloqot davomida Bahromov Erkin Vohidov ijodiga mansub şe'rdan öqidi. Yoddan. Va bir gapni aytdi: «Ölim bilan yuzlaşgan odamman. Ölaman, deb öylovdim. Ammo taqdir ekan, Alloh yana menga imkoniyat berdi, rahbar böldim. Endi boşqaça yaşab bölmaydi. Umrimning söngigaça yaxşilik qilib yaşaşga, yordam sörab kelgan, muhtoj insonlarga kömak berib yaşaşga ahd qildim» dedi u.

Yaxşi odam ekan, deb qöydim.

Ötgan oyda ham xizmat safari bilan Kattaqörğonda böldim. Hokim qandaydir «oçilgisi» keldi. Dildan, samimiy, uzoq gapirdi.

Qisqaça şu haqda.

«Jasliqda «ötirdim». U yerdagilarning hammasini gapira olmayman. Ammo bir neça marta ölim bilan yuzlaşdim. Dunyodan butunlay uzilib qoldim. Kitob öqidim, hadislar mutolaa qildim. Diniy bilimga ham ozmi-köp ega böldim. Tafakkur qildim, hayotimni tahlil qildim, xatolarimni öyladim. Bular uçun heç kimni ayblamayman, taqdir», dedi hokim.

Haqiqatan ham qariyb ikki soatlik suhbat davomida heç kimni ayblamadi, nolimadi.

«Kutmagandim, Allohga şukr, ozodlikka çiqdim. Toşkent aeroportiga tuşdim. Atrofga qarayman, dunyo boşqaça, özgarib ketgan. Men u yoqqa ketayotganimda, mana bunaqa matohlar anqoning uruği edi. Aeroportda hammaning qölida telefon, odamlar odamlarga qaramaydi, yuziga tikilmaydi. Hamma özi bilan özi, telefon bilan ovora...

Ba'zan yonimga şunday muammolar bilan kelişadiki, eşitib yaşaging kelmay qoladi. Astağfirulloh, bolasini köçaga taşlab ketişyapti, sotişyapti. Mulk talaşişlarniki, gapirmayman. Juda özgarib ketdi dunyo, qörqib ketaman», degan edi Bahromov.

«Bilasizmi, bu illatlarning zamiri nimada?» söradi u kişi.

Javobni ham hokimning özidan eşitgim keldi, yelka qisdim.

«Diniy bilimning yöqligidan...» dedi A'zamxon Bahromov.

Bilganimiz şuki, OAV vakili sifatida Kattaqörğondan keladigan muammoli murojaatlar kamayganini sezdik. Hudud yöllari ravonlaşgani, istiqbolli loyihalar amalga oşirilgani, işbilarmon-u tadbirkorlarni tumanga tortgani yaqqol körindi. Hokim sifatida qanday işlayotganini bir muddat oldin davlat rahbari ham e'tirof etdi. Prezident boşqa hududlar rahbarlarini Kattaqörğonga borib, Bahromov tajribasini örganib kelişga çaqirdi. «Fidokorona xizmatlari uçun» ordeni bilan taqdirladi.

Men bu odamning mana şu qiyofasini körganman. U ham zamonaviy, ham milliy qadriyatlarni qadrlaydigan, iymonli, tafakkurli hokim edi.

Isomiddin Pölatov