Ijtimoiy tarmoqlarda Kattaqörğon tumanida yaşovçi fuqaro xonadonida eşak söyib, göştini sotiş bilan şuğullanib kelayotganligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Holat Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi işçi guruhi tomonidan örganildi.
Ma’lum qilinişiça, örganişlar davomida Kattaqörğon tumanining Yangiqörğonça mahallasi hududidan oqib ötuvçi “Qiriş” kanaliga eşak suyaklari taşlab ketilganligi aniqlangan. Şuningdek, Alijon mahallasining Navröz köçasida yaşovçi X.K. va X.N. xonadoni xolislar iştirokida közdan keçirilgan. Jarayonda xonadon molxonasidan 250 kg eşak göşti va söyiş uçun tayyorlab qöyilgan 4 ta eşak topilgan.
Ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilayotganligi ma’lum qilindi.








