Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nig‘matilla Yo‘ldoshev ShHTga a'zo davlatlar bosh prokurorlari yig‘ilishiga raislik qildi
20 oktabr kuni videokonferensaloqa orqali Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlar bosh prokurorlarining 18-majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis ishiga O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev raislik qildi.
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xabariga ko‘ra, majlisda a'zo davlatlar bosh prokurorlaridan tashqari, kuzatuvchi davlatlar va muloqot bo‘yicha sheriklarning Bosh prokuraturalari vakillari ham qatnashgan.

Qayd etilishicha, tadbirda bir nechta masalalar qatorida korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari ham muhokama qilinib, o‘zaro tajriba almashilgan.
Yig‘ilish yakuni bo‘yicha kun tartibidagi asosiy masalalar yuzasidan hamda ShHTga a'zo davlatlar Bosh prokurorlarining 19-majlisini 2021 yilda Hindistonda o‘tkazish to‘g‘risida qarorlar qabul qilingan.

Mavzuga oid
17:58 / 19.12.2025
Davlat xizmatlari markazida soxta haydovchilik guvohnomalari keng ko‘lamda rasmiylashtirilgani ma’lum bo‘ldi
20:29 / 16.10.2025
Putin O‘zbekiston bosh prokurorini «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi
17:24 / 06.09.2025
O‘tgan yili 900 mingga yaqin ish o‘rni hisobotlarga qo‘shib yozilgan - Bosh prokuror
15:24 / 27.08.2025