Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Qrimni Rossiyadan qaytarib olish o‘zining ustuvor vazifasi ekanligini aytdi
Ukraina Qora dengizda ikkita harbiy dengiz bazasini quradi. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy radaga murojaatida aytib o‘tdi.
«Biz Qora dengiz hududida 2ta Ukraina harbiy-dengiz bazasini qurishni boshlaymiz», – degan prezident.
Zelenskiyning tushuntirishicha, rasmiy Kiyev Ukraina hududini boshqalarga berib qo‘ymaydigan armiya tashkil qilmoqda. Qrimni «jangsiz» berib qo‘yganlar esa javobgarlikka tortilishi kerak.
«Biz Ukrainani quruqlikda, dengizda, havoda va kiber maydonda himoya qila oladigan armiya quramiz. Bizning hududiy yaxlitligimiz va suverenitetimizga daxl qilish boshqa hech kimning xayoliga ham kelmasin. Boshqalar Ukraina hududining bir qismini bitta ham o‘q otmasdan tortib olish mumkin deya o‘ylamasin», – dedi Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holatda gap hudud haqida emas, adolat haqida ketmoqda. Shu bilan birga, Zelenskiy Donbassda tinchlik o‘rnatish va Rossiya tomonidan okkupatsiya qilingan Qrimni qaytarib olish ustuvor vazifa ekanligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026