Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Germaniyadagi qo‘shinlarini Bolgariya, Ruminiya va Boltiqbo‘yiga o‘tkazish imkoniyatlarini o‘rganmoqda
Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘z qo‘shinlarining bir qismini Amerika kuchlarining Yevropaga qayta joylashtirilishi doirasida Germaniyadan Bolgariya, Ruminiya va Boltiqbo‘yi davlatlariga ko‘chirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda TASS agentligi Amerika harbiy doiralari vakiliga asoslanib xabar tarqatgan.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Pentagon rahbari Mark Esperning AQSh quruqlikdagi qo‘shinlarining ikkinchi zirhli polkini Germaniyadan Rossiyaga yaqinroq joyda joylashgan boshqa Yevropa davlatiga doimiy ravishda ko‘chirib o‘tishi mumkinligi haqida aytgan.
«Biz 29 iyuldagi e'lonlarda ta'kidlaganimizdek (Yevropada qo‘shinlarni qayta joylashtirish rejalari), mudofaa vaziri Esper tomonidan belgilangan ko‘rsatmalarni amalga oshirish uchun AQSh kuchlarini doimiy ravishda rotatsion asosda NATOning sharqiy qanotiga joylashtirmoqchimiz», degan u.
Taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, ko‘chiriladigan harbiylar soni bo‘yicha hali yakuniy qaror mavjud emas.
«Taklif etilayotgan qadamlarni rejalashtirish jarayoni davom etmoqda. Bu borada mintaqadagi ittifoqchilarimiz va sheriklarimiz, shuningdek, Kongress a'zolari bilan maslahatlashuvlar olib borilmoqda», degan harbiy vakil.