17:41 / 21.10.2020
6902

O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Milliy bog‘da Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘yildi

Alisher Navoiyning o‘zbek tili rivojiga qo‘shgan hissasi, o‘zbek tiliga bo‘lgan e'tibori, mashhur “Xamsa” asaridagi besh doston qahramonlari yodga olindi.

Bugun, 21 oktabr kuni “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati, yetakchi uchuvchi va bortkuzatuvchilari Milliy bog‘da bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda ishtirok etib, buyuk alloma, o‘zbek adabiy tili asoschisi Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘ydilar.

Alisher Navoiyning o‘zbek tili rivojiga qo‘shgan hissasi, o‘zbek tiliga bo‘lgan e'tibori, mashhur “Xamsa” asaridagi besh doston qahramonlari yodga olinib, shoirning ruboiy va g‘azallaridan namunalar o‘qidilar.

Tadbir ishtirokchilari o‘zbek tilining uzoq tarixga ega ekanligi, hazrat Navoiy «Tilga e'tibor-elga e'tibor» iborasi ila o‘zbek tilidan faxrlanishga undashi, ana shu tilda «Xamsa»ni bitib, o‘zbek tiliga asos solganini faxr va ehtirom ila tilga oldilar.

Eslatib o‘tamiz, 21 oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 31 yil to‘ldi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi.

Top