Muhtaram vatandoşlar!
Siz azizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni bugungi qutluğ ayyom – Özbek tili bayrami bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
1989 yil 21 oktyabrda, ğoyat murakkab ijtimoiy-siyosiy şaroitda yurtimizda “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinişi milliy mustaqillik sari qöyilgan muhim qadam bölganini barçamiz yaxşi eslaymiz.
Jamoatçiligimiz, xalqimizning xohiş-istaklarini inobatga olib, ötgan yili uşbu tarixiy sanani Özbek tili bayrami kuni sifatida belgilaş töğrisida qonun qabul qilganimizdan hammangiz xabardorsiz. Bugun mamlakatimizda birinçi marta keng nişonlanayotgan ana şu bayram ma'naviy hayotimizdan mustahkam va munosib örin oladi, deb işonaman.
Hurmatli yurtdoşlar!
Bugungi kunda biz yangi Özbekistonni, yangi Renessans poydevorini barpo etişdek ezgu maqsadlarimizga erişişda, heç şubhasiz, ona tilimizning hayotbaxş qudratiga tayanamiz.
Çunki, neça asrlar oşa ajdodlarimizdan bizga bezavol ötib kelayotgan ona tilimizning ravnaqi va istiqboli haqida qayğuriş – bu millatning özligini anglaşi, uning ma'naviy kamolotini yuksaltiriş uçun kuraş demakdir. Davlat tilining obro‘-e'tibori – butun xalq, butun jamiyatning obro‘-e'tiboridir.
Hozirgi vaqtda yer yuzida özbek tilida sözlaşuvçilar soni qariyb 50 million kişini taşkil etişi uning dunyodagi yirik tillardan biriga aylanib borayotganidan dalolat beradi.
Ayni vaqtda yurtimizda istiqomat qilayotgan barça millat va elatlarning madaniyati va urf-odatlarini, xususan, ularning ona tillarini rivojlantiriş uçun ham zarur şaroitlar yaratilmoqda. Turli hududlarda taşkil etilgan 140 ga yaqin milliy madaniyat markazlari ana şu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Köplab ta'lim-tarbiya maskanlari, ommaviy axborot vositalari özbek tili bilan birga, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirğiz, tojik, turkman tillarida faoliyat körsatmoqda. Xorijiy tillarga ixtisoslaşgan hamda ta'lim çet tillarda olib boriladigan ta'lim muassasalari soni oşib bormoqda.
Bugungi kunda xorijiy davlatlardagi 65 ta oliy öquv yurtida özbek tili va adabiyoti örganilmoqda, uşbu sohada ilmiy izlaniş va tadqiqotlar olib borayotgan çet ellik olimlar safi tobora kengaymoqda.
Kuni keça Afğoniston Islom Respublikasida Özbek tili kuniga bağişlangan bayram tadbirlari birinçi marta davlat miqyosida nişonlanganini mamlakatimiz jamoatçiligi, butun özbek xalqi katta mamnuniyat va xursandçilik bilan olqişladi.











