Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyaning eng og‘ir erkagini shifoxonaga yetkazish uchun yuk krani va 30 kishi kerak bo‘ldi
Britaniyaning eng og‘ir erkagi Jyeyson Xoltonni shifoxonaga yetkazish uchun o‘t o‘chiruvchi avtokran talab etildi. Erkakning vazni 300 kgdan ortiqroqni tashkil qilgan va shu sababli u 5 yil davomida uyidan tashqariga chiqmagan.
Foto: The Sun
Qutqaruvchilar erkakni yukko‘targichga ortish uchun uning yotoqxonasidagi derazani olib tashlashlariga to‘g‘ri kelgan. Ushbu operatsiyada 30 kishi ishtirok etgan. Shifoxonada erkakka jarrohlik operatsiyasi qilinadi.

30 yoshli britaniyalikning ta'kidlashicha, u yoshligidan to‘lacha bo‘lgan. Biroq uning ahvoli 2014 yildan boshlab uyiga ovqat buyurtirishni boshlagandan keyin keskin yomonlashgan. U har kuni ovqatga 30 funt sterling sarflagan va kabob, buterbrod, shokolad, sharbat, kola va boshqa fastfud yeb, 10 ming kaloriya iste'mol qilgan.

Xolton hech qachon ishlamagan. U haftasiga 300 funt sterlingdan ko‘proqni tashkil qiluvchi nafaqaga kun kechirgan. Erkakning aytishicha, u ortiqcha vazni sababli ishga joylasha olmagan.
Avvalroq 2019 yilda 350 kggacha semirib ketgan britaniyalik politsiyachi ishidan mahrum bo‘lib, bir yil ichida 3 barobarga ozgani ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
13:13 / 10.01.2026
Germaniya, Fransiya va Britaniya Rossiyaning “Oreshnik” raketa zarbasini qoraladi
09:31 / 15.12.2025
O‘zbekiston so‘zanasi Britaniya nashriyoti kitobida: yangi loyiha muhokama qilinyapti
18:06 / 25.11.2025
O‘zbekistonlik elektriklar Britaniyaga ishga taklif qilinyapti. Oylik maosh 4400 dollar
10:01 / 07.11.2025