Jahon | 15:06 / 22.10.2020
4298
2 daqiqa o‘qiladi

Gruziyada inkassatsiya avtomobiliga hujum natijasida 75 ming dollar o‘g‘irlab ketildi

Bu Gruziya Bankiga oxirgi ikki kun ichida qilingan ikkinchi hujumdir.

Foto: ekhokavkaza.com

Kobuleti shahrida Gruziya Bankining inkassatsiya avtomobiliga hujum natijasida 75 ming dollar o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda "TV Pirveli" xabar bermoqda.

"Gruziya Bankiga navbatdagi hujum uyushtirildi. Bu safar Kobuleti shahrida inkassatsiya mashinasiga hujum qilingan. Talonchilar 75 ming dollarni o‘g‘irlab ketishgan", - deyiladi telekompaniya xabarida.

Bu oxirgi ikki kun ichida Gruziya Bankiga qilingan ikkinchi hujumdir.

Chorshanba kuni avtomat va granata bilan qurollangan shaxs bankning Zugdidi shahridagi filialiga bosqin uyushtirgandi. U bankda bo‘lganlarni garovga olgan va 500 ming dollar talab qilgan.

 Kun bo‘yi davom etgan maxsus operatsiya natijasida 43 nafar kishi ozod qilingan. Bosqinchi IIV amaldori Avtandil Galdav va uch nafar garovdagilar bilan politsiya avtomobilida bankni tark etgan. Keyinroq jinoyatchi o‘zi bilan birga olib ketgan garovdagilarni ozod qilgani va qochib ketgani ma'lum bo‘ldi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid