Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA Bennu asteroididan namuna olish tasvirlarini e'lon qildi
NASA Osiris-Rex robotli zondi Bennu asteroididan olgan tuproq namunalari tasvirlarini e'lon qilgan, mutaxassislar topshiriq muvaffaqiyatli o‘tganiga amin bo‘lishmoqda. Topshiriqning bosh ilmiy rahbari Dante Loretta brifingda namoyish etgan videoda qurilma Bennu yuzasiga tegib turgani tasvirlangan.
Foto: RIA novosti
«Biz hozirgacha ma'lum bo‘lgan ma'lumotlarda, namuna olish jarayoni yaxshi o‘tdi degan xulosaga kela olamiz», degan Loretta.
Ungako‘ra, kecha zonddan olingan tasvirlarni tahlil qilish asosida mutaxassislar olinishi kutilgan miqdordanda ko‘proq olishga muvaffaq bo‘lishgan. NASA yig‘ilgan materiallarning aniq miqdorini dushanba kuni ma'lum qiladi.

NASA Osiris-Rex missiyasini tarixiy deb atagan. Bo‘lim boshlig‘i Jim Bridenstayn brifingda tushuntirganidek, birinchi marta texnogenqurilma Bennu singari kichik kosmik jism (atigi 500 metr) atrofida aylangan. Tasvirlarning Yerga qaytishi 2023 yilga rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
08:09 / 05.01.2026
Orbitaga yeta olmagan missiyalar: 2025 yildagi eng yirik kosmik avariyalar
20:18 / 03.12.2025
Tarixda birinchi marta XKSga bir vaqtning o‘zida 8 ta kosmik kema ulandi
14:38 / 14.11.2025
NASA Marsga EscaPade pilotsiz missiyasini muvaffaqiyatli uchirdi
07:24 / 31.10.2025