Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning uchta shahri Tramp ma'muriyatini sudga berdi
Ushbu haftada AQSh adliya vazirligi Nyu-York, Portlend va Sietlni hokimiyatlari tartibsizlik, zo‘ravonlik va mol-mulk yo‘q qilinishiga yo‘l qo‘ygan shaharlar deb topgandi.
Foto: REUTERS / Jonathan Ernst
Nyu-York, Portlend va Sietl shaharlari hokimiyatlari bu shaharlar rahbariyatini tartibsizlik, zo‘ravonlik va mol-mulk yo‘q qilinishiga yo‘l qo‘ygan deb topgani uchun AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyatini sudga berdi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
Da'vo Vashington federal okrug sudiga kiritilgan. Nyu-York adliya departamenti rahbari Jim Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, uch shahar hokimiyatlari Tramp ma'muriyati hukumat subsidiyalarini ajratishda "aniq qadam" qo‘yishni boshlagani uchun sudga murojaat qilgan. Da'vo arizasida ta'kidlanishicha, mamlakat rahbariyati kongress va shtatlar hukumatlari vakolatlariga zid ish qilmoqda.
"Bu axloqqa zid, huquqiy nuqtai nazardan nomaqbul va konstitutsiyaga to‘g‘ri kelmaydi, bunga qarshi kurashamiz", - dedi Nyu-York meri Bill de Blazio.
Ushbu haftada AQSh adliya vazirligi Nyu-York, Portlend va Sietlni hokimiyatlari tartibsizlik, zo‘ravonlik va mol-mulk yo‘q qilinishiga yo‘l qo‘ygan shaharlar deb topgandi.
Tramp avvalroq tartibsizliklarga qarshi yetarlicha kurash olib bormayotgan shaharlarni davlat tomonidan moliyalashtirilishdan mahrum qilishga qaratilgan memorandumni imzolagandi. Tramp bu choralar Sietl, Portlend, Nyu-York va Vashington shaharlariga nisbatan qo‘llanilishi kerakligini aytgandi.
Mavzuga oid
23:40 / 11.04.2026
AQSh-Eron muzokaralari “boshi berk ko‘cha”ga kirib qoldi - OAV
12:48 / 11.04.2026
Uchuvchi Eron tog‘larida: «Trampni qutqarish» operatsiyasi haqida
09:01 / 11.04.2026
AQShdagi Livan va Isroil elchilari telefon orqali gaplashdi
22:27 / 10.04.2026