Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat o‘ta xavotirli deb hisoblanmoqda
Yevroittifoqning Kipr, Estoniya, Finlyandiya va Gretsiyadan tashqari barcha davlatlari xavotirli vaziyat hukm surayotgan mamlakatlar toifasiga kiritildi.
YeIning 23 mamlakati hamda Buyuk Britaniyada COVID-19 bilan kasallanish darajasi "jiddiy xavotir" uyg‘otmoqda. Bu haqda Yevropa kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi direktori Andrea Ammonning bayonotida ma'lum qilindi.
"COVID-19 bilan kasallanishning o‘sishi jamoat sog‘lig‘ini saqlash sohasiga jiddiy xavf soladi, buning ustiga mintaqaning aksariyat mamlakatlarida o‘ta xavotirli epidemiologik vaziyat hukm surmoqda", - deyiladi bayonotda.
Yevroittifoqning Kipr, Estoniya, Finlyandiya va Gretsiyadan tashqari barcha davlatlari xavotirli vaziyat hukm surayotgan mamlakatlar toifasiga kiritildi.
22 oktabr kuni Fransiya va Ispaniyada COVID-19 koronavirusiga chalinish bo‘yicha sutkalik o‘sish butun pandemiya davridagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetgani xabar qilingandi – mos ravishda 41,6 ming va qariyb 21 ming. Juma kuni Polshada kasallik aniqlanishi bo‘yicha yangi rekord qayd etildi – bir sutkada 13 362ta holat.
Mavzuga oid
08:17 / 18.06.2026
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
09:15 / 15.06.2026
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:18 / 15.06.2026
Yevropa aholisi qaysi mamlakatlarda o‘zini xavfsiz his qiladi?
10:15 / 13.06.2026