Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pedagoglarning navbatdagi (majburiy) attestatsiyasi uchun yig‘im bekor qilinadi - prezident farmoni loyihasi
AOKAda ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantirish masalasida qabul qilinishi kutilayotgan prezident farmoni loyihasi yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyevning qayd etishicha, pedagog kadrlarga ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifasi, katta, yetakchi va bosh o‘qituvchi lavozimi berish, shuningdek mazkur malaka toifalariga va lavozimlarga talabgorlarga tegishli malaka toifasi (lavozim) berish bo‘yicha navbatdagi attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
Navbatdan tashqari, ya'ni o‘z ixtiyori bilan muddatidan avval attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun esa bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Ta'lim inspeksiyasi rahbarining ta'kidlashicha, ushbu yangilik o‘qituvchi-murabbiylarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida kiritilmoqda. Amaldagi tartib bo‘yicha har ikkala holatda ham pedagoglardan yig‘im undirilayotgan edi.
Mavzuga oid
10:40 / 18.03.2026
Navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagoglar ishdan bo‘shatilmaydi
19:25 / 02.03.2026
Vazirlik attestatsiya testida xatolik bo‘lganini tan oldi
11:08 / 24.01.2026
Axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
19:21 / 20.11.2025