Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida navbatdagi mojaro yuz bergani ma'lum qilindi
Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida navbatdagi mojaro yuz berdi. Dushanbening ta'kidlashicha, mojaro vaqtida qirg‘iz chegarachilari qurol qo‘llagan, ammo qurbonlar yo‘q.
Foto: AF
Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara boshqarmasida ma'lum qilinishicha, mojaro 25 oktyabrda Tojikistonning So‘g‘d viloyati Isfara tumanida joylashgan Xo‘jai-A'lo qishlog‘i aholisi eski quvurlarni almashtirayotganda yuz bergan. Shunda qishloqqa 25-30 nafar qurollangan qirg‘iz chegarachisi kelib, tojik qishlog‘i aholisidan ishlarni to‘xtatishni talab qilgan. Chegarachilar ishlar olib borilayotgan hudud bahsli hudud hisoblanishini aytib, qishloq aholisi tomon o‘q uzgan.
Tojikiston tomoni bayonotida mojaro vaqtida mahalliy aholiga ziyon yetmagani va ushbu hudud Tojikiston hududi hisbolanishi ta'kidlab o‘tilgan.
Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi ushbu mojaroni Qirg‘iziston chegarachilarining “ikki davlat chegarasidagi vaziyatni chigallashtirishga” qaratilgan navbatdagi ig‘vosi deb baholagan. Ta'kidlanishicha, hozirda voqea joyidagi ishlar to‘xtatilgan, ikki davlat chegara xizmatlari mahalliy hokimiyat idoralari ishtirokida muzokaralar olib bormoqda.
Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasi 970 kmga yaqinni tashkil qiladi. Sobiq ittifoq parchalangandan keyin unda o‘nlab bahsli qismlar qolgan. Ikki yil avval ikki davlat chegarani delimitatsiyalash va demarkatsiyalash jarayonini boshlashgan va hozirda chegaraning 580 kilometri aniqlashtirib olingan.
Mavzuga oid
09:10 / 27.02.2026
Tojikistonda Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan noyob qadimiy qo‘lyozma saqlanmoqda
21:53 / 26.02.2026
Yevropa Ittifoqi Qirg‘izistondan Rossiyaga reeksport ustidan nazoratni kuchaytirishni talab qildi
17:44 / 23.02.2026
«Do‘stimni ogohlantirgandim» – Japarov Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasidagi o‘zgarishlar haqida
19:27 / 21.02.2026