Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yangi urush alangasi» – Sudan siyosiy partiyalari Isroil bilan kelishuvni rad etmoqda
Sudan siyosiy partiyalari hukumatning Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish to‘g‘risidagi qarorini rad etib, rasmiylar kelishuviga qarshi muxolifat jabhasini tashkil etishini aytgan.
Juma kuni Isroil, Sudan va Qo‘shma Shtatlarning ikki mamlakat «o‘z millatlari o‘rtasidagi urush holatini tugatish to‘g‘risida» kelishib olganliklari haqidagi qo‘shma bayonotidan so‘ng sudanliklar poytaxt Xartumda namoyish o‘tkazgan.
Ozodlik va O‘zgarishlar kuchlari (FFC) siyosiy koalitsiyasining ikkinchi eng ko‘zga ko‘ringan tarkibiy qismi bo‘lgan Sudan Xalq Kongress partiyasining bayonotida aytilishicha, sudanliklar normalizatsiya kelishuvini qabul qilishga majbur emas.
«Muntazam ravishda izolyatsiya qilinadigan va maxfiy bitimlardan chetda qolayotgan xalqimiz normallashuv kelishuvini imzolashga majbur emas», –deyilgan bayonotda.
«Xalqimiz o‘zining tarixiy pozitsiyalariga rioya qiladi va normalizatsiya holatiga qarshi turish uchun keng jabhada faoliyat olib boradi va Falastin davlati barcha qonuniy huquqlariga ega bo‘lishi uchun ularni qo‘llab-quvvatlaydi».
Sudanning sobiq bosh vaziri Sodiq al-Mahdi ham bu xabarni qattiq tanqid qilib, shanba kuni Xartumda hukumat tomonidan uyushtirilgan diniy konferensiyadan chiqib ketganini ma'lum qilgan.
Mamlakatning so‘nggi demokratik yo‘l bilan saylangan bosh vaziri va mamlakatning eng yirik siyosiy partiyasini boshqaruvchisi Al-Mahdi shunday dedi: «Ushbu bayonot Sudan milliy qonunchiligiga zid keladi va Yaqin Sharqdagi tinchlik loyihasini yo‘q qilishga va yangi urush uchun olov yoqishga yordamlashadi».
Xalq Kongress partiyasi yetakchisi Kamol Omar alohida bayonotda aytishicha, Sudanning o‘tish davri hukumati haqqoniy saylanmagan va shu sababli Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish vakolatiga ega emas.
“Ushbu o‘tish davridan joriy hukumat mintaqaviy va xalqaro razvedka idoralarining «ishonchini oqlash» uchun Sudanning pozitsiyasini o‘zgartirdi”, – degan u.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026