O‘zbekiston | 08:54 / 27.10.2020
8506
2 daqiqa o‘qiladi

Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM 11,9 mln so‘mni tashkil etdi

2020 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy narxlarda 408,2 trln so‘mni tashkil etdi va 2019 yilning yanvar-sentyabri bilan taqqoslaganda 0,4 foizga o‘sdi. 

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, YaIM deflyator indeksi 2019 yilning yanvar-sentyabridagi narxlarga nisbatan 11,8 foizni tashkil etdi.

2020 yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga ko‘ra, YaIM tarkibida tovarlar ishlab chiqarishda 240,3 trln so‘m, xizmatlar ko‘rsatish sohasida 136,4 trln so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratildi, mahsulotlarga sof soliqlar esa 31,5 trln so‘mni tashkil etdi.

2020 yilning yanvar-sentabr oylarida YaIM o‘sishi 2019 yilning yanvar-sentyabridagi 5,9 foiz va 2018 yilning yanvar-sentyabridagi 5,7 foizga nisbatan 0,4 foizgacha sekinlashdi. 

Shu bilan birga, YaIM deflyator indeksida ham 2019 yil yanvar-sentyabridagi 18,5 foiz va 2018 yilning yanvar-sentyabridagi 30,5 foizga nisbatan 2020 yilning yanvar-sentabr oylarida 11,8 foizgacha sekinlashish kuzatildi.

Kuzatilayotgan davrda o‘rtacha almashuv kursi bo‘yicha hisoblangan nominal YaIM hajmi 41 072,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi (2019 yilning yanvar-sentyabrida 42 220,1 mln. AQSh dollari).

Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM 11,9 mln so‘mni (yoki 1 203 AQSh dollari ekvivalentida) tashkil etdi.

Mavzuga oid