«Asaka» bank xalqaro moliyaviy reytingini «barqaror» darajada saqlab qoldi

Moody’s xalqaro reyting agentligi «Asaka» bankining global miqyosdagi quyidagi reytinglarini tasdiqladi:
- Milliy valutadagi uzoq muddatli reyting - B1, «Barqaror»;
- Xorijiy valutadagi uzoq muddatli reyting - B1, «Barqaror»;
- Qo‘llab-quvvatlash reyting darajasi- B3;
- Boshlang‘ich kredit baxosi- B3;
Barcha reytinglar «barqaror» prognozga ega.
Moody’s xalqaro reyting agentligi mutaxassislari fikriga ko‘ra, «Asaka» bank reytinglarini baholashda, hatto pandemiya davrida ham bankning O‘zbekiston bozorida, ayniqsa yuridik shaxslar uchun xizmat ko‘rsatish sohasidagi mavqeini, uning mamlakat ichidagi keng geografik qamrovini, barqaror foyda olish imkonini beruvchi sog‘lom daromad tarkibi va kapitallashtirishning yaxshi darajasi, shuningdek, bir qator xalqaro moliya institutlari bilan uzoq yillik hamkorlik aloqalari hisobga olingan.
Ushbu baholash xalqaro reyting agentliklari tomonidan hozirgi vaqtda tijorat banklariga beriladigan kredit reytinglari ichida eng yuqorisi hisoblanadi.
«Asaka» bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari Boboxon Abdullayev:
– Dunyoning yetakchi reyting agentliklaridan biri «Asaka» banki tomonidan olib borilayotgan xavflarni hisobga olish bo‘yicha konservativ siyosatni, shuningdek yuqori kapital va likvidlik ko‘rsatkichlarini ijobiy baholadi. Bankka berilgan kredit reytingi bank rahbariyati tomonidan transformatsiya jarayonlari, shu jumladan biznes jarayonlarini optimallashtirish va raqamlashtirish, korporativ boshqaruv va xodimlarni boshqarish tizimlarini takomillashtirish doirasida qabul qilingan strategik qarorlar bankning hatto pandemiya sharoitida ham barqaror va bashorat qilinadigan o‘sishini ta'minlaydi.
Bank rahbariyati tomonidan kelgusida faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari bo‘lib – mijozlar mablag‘larining saqlanishi, bank xizmatlari mahsulotlarining mijozlarga yo‘naltirilganligi, shuningdek raqamli yechimlar asosida yuqori sifatli va tezkor hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish kabi yo‘nalishlar saqlanib qolishiga ishonch bildirilmoqda.
*- Moody’s Investors Service – Moody’s korporatsiyasining filiali. Korxona kredit reytinglari taqdim etish, xavflarni tahlil qilish va turli xil tadqiqotlar olib borish bilan shug‘ullanadi. Moody’s Standard & Poor’s va Fitch Ratings bilan bir qatorda, «katta uchlik» xalqaro reyting agentliklaridan biri hisoblanadi.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh migrantlar uchun Amerika fuqaroligini beradigan realiti-shou o‘tkazadi
Jahon | 20:37
-
Saida Mirziyoyeva AQSh Senati a’zolari va biznes vakillari bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 20:35
-
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
Jahon | 20:13
-
Tramp savdo bitimlarini tuzishga ulgurmagan davlatlar uchun yangi tariflarni e’lon qildi
Jahon | 20:00
Mavzuga oid

19:07 / 27.10.2020
«Asaka» bank: «Toshkent metallurgiya zavodi» bankning yirik moliyaviy loyihasi

15:15 / 18.09.2020
«Asaka» bank: Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan 50 mln dollarlik bitim imzolandi

20:30 / 07.09.2020
«Asaka» bank Boshqaruv raisi yosh xodimlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi

09:00 / 13.08.2020