Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Budjet jarayonining shaffofligini ta'minlash tartibini buzganlik uchun javobgarlik joriy etiladi
“Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Kodeksning 175-6-moddasi nomi va dispozitsiyasi yangi tahrirda bayon etiladi. Unda budjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilanadi.
Shuningdek, kodeks 175-7-modda bilan to‘ldiriladi. Unda budjet jarayonining shaffofligini ta'minlash tartibini buzganlik uchun javobgarlik haqida so‘z yuritiladi.
Qayd etilishicha, budjet jarayonining shaffofligini ta'minlash tartibini buzish mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi mumkin.
Ushbu jarimalar Hisob palatasi tomonidan qo‘llanilishi taklif etilmoqda.
Mavzuga oid
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
12:22 / 25.03.2026
Davlat budjetining 2025 yildagi ijrosi. Defitsit – 39 trln so‘mgacha qisqardi
15:26 / 18.02.2026
Davlat bayrog‘ini namoyish etishda yagona talablar joriy etiladi
16:19 / 16.02.2026