Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook va Google narxi 100 mlrd dollarga arzonlashdi
Senatda internet to‘g‘risidagi qonun islohotini muhokama qilish chog‘ida AQSh IT-kompaniyalari aksiyalari narxi 5 foizdan ortiqroqqa arzonlashdi.
Alphabet (Google egasi), Facebook va Twitter texnologik kompaniyalarining aksiyalari narxi 5 foizdan ortiqroqqa arzonlashdi. Bunga AQSh senatining savdo bo‘yicha qo‘mitasidagi tinglovlar sabab bo‘ldi.
Umumiy hisobda uch kompaniyaning bozor narxi 107 mlrd dollarga pasaydi:
- Facebook aksiyalari narxi 5,51 foizga arzonlashib, kompaniya kapitalizatsiyasi 44,5 mlrd dollarga tushdi;
- Twitter aksiyalari narxi 5,34 foizga pasayib, kompaniyaning bozor narxi 2,17 mlrd dollarga teng bo‘ldi;
- Alphabeth aksiyalari 5,51 foizga arzonlashdi, kompaniya narxi esa 60 mlrd dollarga kamaydi.
Qonun chiqaruvchilar Alphabet, Facebook va Twitter rahbarlarini internet to‘g‘risidagi qonun islohotlarini muhokama qilish uchun chaqirishdi, deb xabar bermoqda CNBC telekanali.
Facebook va Twitter AQSh prezidentligiga nomzod Jo Baydenning oilasi to‘g‘risida New York Post gazetasida chop etilgan maqolaga to‘siq qo‘yganidan so‘ng mazkur qonun muhokama qilina boshlandi. Kompaniyalar ushbu harakati uchun noxolislik va senzurada ayblanmoqda, deb yozadi Bloomberg.
Mavzuga oid
08:15 / 04.06.2026
Google xavfli kasalliklarga qarshi chivinlar yordamida kurashmoqchi
08:46 / 02.06.2026
YeI Google va Microsoft uchun davlat tenderlarini cheklashi mumkin
18:27 / 08.05.2026
O‘zbekistonliklarning xorijiy bigtex kompaniyalar pulli xizmatlaridan foydalanishi 80 foizga oshdi
15:58 / 30.01.2026