Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 12 nafar fuqarodan pasportini olib qo‘yib, fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgan ayol qamoqqa olindi
2018 yilning avgust oyidan joriy yilning oktabr oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 44 yoshli O.K. Samarqand shahrida joylashgan uylarning birida K.U., R.E., A.A., K.A., M.F., L.M., M.Sh., G.M., M.R., H.S., D.R. va Z.B.ga ijaraga boshpana berishni va'da qilgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, O.K. ularning fuqarolik pasportlarini g‘ayriqonuniy ravishda egallab, tungi vaqtda Samarqand shahar Ro‘dakiy ko‘chasi va boshqa joylarida fohishalik bilan shug‘ullanishlariga majburlagan.
Ta'kidlanishicha, bu shaxs 12 nafar fuqaroni zo‘rlik bilan ishlatib, har biridan kunlik 200 000 so‘mdan 500 000 so‘mgacha pullarni topish maqsadida foydalanib, ushbu yo‘l bilan topilgan pullarni o‘zida saqlab, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflagan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “b” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O‘tkazilgan tintuv tergov harakati davomida yuqoridagi shaxslarning fuqarolik pasportlari tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Hozirda O.K. jinoyat ishi doirasida JKning 135-moddasi 2-qismi “b,i” bandlari bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi tanlangan.
Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
15:48 / 30.04.2026
50 dollarlik ofis va minglab mijoz: tasodifiy buyurtmani katta biznesga aylantirgan samarqandlik tadbirkor hikoyasi
15:10 / 30.04.2026