Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda o‘tayotgan MDH shtab boshliqlari majlisida Ozarboyjon va Armaniston vakillari ham qatnashishmoqda
Bugun, 30 oktabr kuni Samarqand shahrida Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i, armiya generali Valeriy Gerasimov raisligida MDH davlatlari Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi majlisi boshlandi.
«Joriy yilda xalqaro hamkorlik sohasidagi ko‘plab tadbirlar yo video-konfrens-aloqa rejimida o‘tkazildi, yoki keyinroqqa surildi. Bu uchrashuv yuzma-yuz o‘tkazilishi bosh shtablarimiz orasidagi ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hamkorlik darajasi yuqori ekanligidan dalolat», degan Valeriy Gerasimov qo‘shma majlisni ocha turib.
O‘zbekiston Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev o‘zining kirish so‘zida hamdo‘stlik doirasida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishi mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash, shuningdek, MDH davlatlari mudofaa idoralarining aksilterrorchilik yo‘lidagi birgalikdagi harakati ekanligini ta'kidlab o‘tdi.
«Bugun xalqaro terrorizm tahdidi ortib bormoqda, xalqaro mojarolarning eskilari keskinlashuvi va yangi o‘choqlari paydo bo‘lish xavfi ortib bormoqda», degan u.
MDHga a'zo davlatlar harbiy delegatsiyalari rahbarlari Hamdo‘stlik davlatlari chegaralari bo‘ylab yuz berayotgan harbiy-siyosiy vaziyat bo‘yicha fikr almashishadi.
Majlisda Armaniston, Belarus, Ozarboyjon, Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston harbiy delegatsiyalari, shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasi va MDH davlatlari mudofaa vazirlari kotibiyati vakillari ishtirok etishgan.
Mavzuga oid
10:15
Har qachongidan ko‘rkam va mahobatli: Imom Buxoriy majmuasidan fotoreportaj
11:26 / 23.03.2026
Urgutda kuchli yomg‘ir oqibatida sel hodisasi kuzatildi
08:57 / 19.03.2026
Samarqandda 38 kilogrammga yaqin narkotik modda qo‘lga olindi
08:52 / 19.03.2026