Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya koronavirusga ommaviy immunitet shakllanadigan birinchi davlatga aylanishi mumkin
Shvetsiya aholi orasida koronavirusga ommaviy immunitet shakllanadigan birinchi davlatga aylanishi mumkin.
Rossiyalik immunolog Vladislav Jyemchugovning ta'kidlashicha, Shvetsiyada koronavirusga chalinganlar haqiqatan ham ko‘p, biroq shunga qaramay, infeksiyadan vafot etganlar kam.
“Fikrimcha, Shvetsiya aholisining 60-70 foizi koronavirusga immunitet hosil qiladigan birinchi davlat bo‘ladi. U yerda deyarli hamma kasallanishi sababli virusga chalinadigan odamning o‘zi qolmaydi”, deb ta'kidlab o‘tgan mutaxassis.
Jyemchugovning aytishicha, bu Shvetsiyada virus “erkinlikka qo‘yib yuborilgani” va uni to‘xtatish uchun hech qanday cheklovlar yo‘qligi evaziga yuz beradi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, bu usul o‘z tibbiyotiga ishonchi komil bo‘lgan va og‘ir bemorlarning hayotini saqlab qolish uchun zarur resurslarga ega davlat uchungina yaxshidir.
Immunologning fikricha, shundan keyin Shvetsiyada pandemiya yakun topadi, chunki 70 foiz aholi immunitetga ega bo‘lganda, infeksiya tarqalishi to‘xtaydi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
20:13 / 19.05.2026