28 may kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Shvetsiyaga tashrifi doirasida ikki davlat havo mudofaasi sohasidagi hamkorlik bo‘yicha kelishuvni e’lon qildi.
Shvetsiya hukumati ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina Yevropa Ittifoqi krediti hisobidan 2,5 milliard yevro ajratib, Gripen qiruvchi samolyotlarining eng yangi modifikatsiyalaridan 20 tagacha xarid qiladi.
Shu bilan birga, Shvetsiya Ukrainaga avvalgi avlodga mansub 16 ta Gripen samolyotini bepul beradi. Mamlakat bosh vaziri Ulf Kristerssonning bildirishicha, ushbu samolyotlarni yetkazib berish 2027 yil boshida boshlanadi.
Uning ta’kidlashicha, mazkur qaror Shvetsiya uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, Ukrainaning havo mudofaasi imkoniyatlarini sezilarli darajada mustahkamlaydi.
Yangi Gripen samolyotlarini yetkazib berish esa 2030 yildan boshlanishi rejalashtirilgan. Vladimir Zelenskiy ikki davlat o‘rtasida 2025 yil oktyabrida imzolangan hadli kelishuv doirasida nazarda tutilgan 150 ta qiruvchi samolyotning barchasini xarid qilishga umid bildirgan.
Shvetsiya Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatayotgan asosiy davlatlardan biri hisoblanadi. Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi boshlanganidan beri Stokholm Kiyevga qariyb 12 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ajratgan.











