Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiya shifoxonalarda joy qolmagani sababli koronavirusga chalinganlarni Germaniyaga jo‘natmoqda
Foto: Reuters
Belgiyada koronavirus tarqalishining ikkinchi to‘lqini ortida karantin e'lon qilindi. Shifoxonalar to‘lib-toshgani sababli koronavirusga chalinganlar qo‘shni Germaniyaga davolanishga jo‘natilmoqda.
Shuningdek, tibbiy ma'lumotga ega barcha fuqarolar koronavirusga chalinganlarni davolash uchun safarbar qilinmoqda.
“Bizda virus tarqalishini maksimal cheklashdan o‘zga tanlov yo‘q. Bu oxirgi imkoniyat choralaridir. Bu choralar samara berishini ta'minlash faqat o‘zimizning qo‘limizdadir”, deb aytgan Belgiya bosh vaziri Aleksandr de Kroo.
Belgiya sog‘liqni saqlash vaziri Frank Vandenbrukning ta'kidlashicha, 30 oktyabrda Lejdagi shifoxonalardan 4 bemor Germaniyaga jo‘natilgan.
“Bu kichik raqamlar, biroq har bir bemor – birdamlik namoyishidir, gap odamlar hayoti haqida ketmoqda”, deb aytgan Vandenbruk.
Karantin kiritilishi sababli mamlakatda maktab ta'tillari uzaytiriladi, hayotiy muhim tovarlarni sotmaydigan barcha do‘konlar va xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi ba'zi korxonalar yopiladi. Fuqarolarga yopiq joylarda bir kishidan, ochiq joylarda esa 4 kishidan ko‘proq mehmon qabul qilish taqiqlanadi. Imkoni bor joylarda masofadan ishlashga o‘tiladi. Yangi choralar dekabr o‘rtalarigacha amal qiladi.
Hozirda Belgiyada komendantlik soati kiritilgan hamda kafe va restoranlar ishi to‘xtatilgan.
Avvalroq Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen koronavirus tarqalishining ikkinchi to‘lqini ortida Yevropa ittifoqining barcha davlatlarida yangi cheklovlar kiritish zarurligini aytgan.
Mavzuga oid
14:26 / 08.12.2025
Germaniyada dronlar va aviatsiya bilan bog‘liq hodisalar 40 foizga ko‘paydi
10:14 / 08.12.2025
“Asadsiz kelajak” shiorlari ostida: Germaniyada suriyaliklarning ommaviy aksiyasi
02:11 / 08.12.2025
Germaniya Falastin davlatini tan olmaydi – Mers
21:25 / 07.12.2025