Daniya
Skandinaviya mamlakatlari doimiy ravişda har bir körsatkiçning yuqori darajalarini egallab keladi. Daniya esa ular orasida birinçi örinda turadi. 2017 yilda Daniya ijtimoiy rivojlaniş indeksining «Insonning asosiy ehtiyojlari» toifasidagi köplab mavzularida, fuqarolarning ovqatlaniş va soğliqqa bölgan ehtiyojlarini qondirişda deyarli mukammal darajani qölga kiritgan.
Daniyadagi ijtimoiy tizim byurokratiyaga emas, işonçga asoslangan. Hatto Germaniyada ham xodimlar va talabalar öz betobliklariga isbot sifatida doktordan ma'lumotnoma olişlari kerak bölsa, daniyaliklar kasal bölişganida iş joyiga qönğiroq qilib, işga borolmasligini aytib qöyişi kifoya qiladi. Daniyada hayot Yevropaning boşqa mamlakatlariga qaraganda qimmatroq. Şuningdek, Daniya YeIdagi eng yuqori soliqlarga ega. Mamlakatda xizmatlar aynan mana şu soliqlardan subsidiyalanadi.
Daniyaliklar döstlari bilan birgalikda suhbatlaşişni va şam yoruğida tamaddi qilişni juda yaxşi köradilar. Çet ellik talabalar esa moliyaviy yordam va bepul til kurslarida tahsil olişi mumkin.
Yangi Zelandiya
Indekslar reytingida Avstraliya va Yangi Zelandiya yonma-yon yuradi. Lekin Yangi Zelandiya siyosiy barqarorlik, asosiy huquqlarning rivojlanişi, zöravonlik va terrorizmning kamligi böyiça Avstraliyadan oldinda bormoqda.
Yangi Zelandiya 1893 yilda ayollarga ovoz beriş huquqini bergan birinçi mamlakat hisoblanadi. Bundan taşqari, yolğiz onalar, voyaga yetmagan bolalar, talabalar va qariyalar uçun möljallangan köplab ijtimoiy yordam va xizmatlar mavjud.
Kanada
AQŞ va Kanada ham barça körsatkiçlar böyiça yuqori örinlarni egallaydi. Şunga qaramasdan, Kanada siyosiy barqarorlikning mavjudligi, zöravonlik va terrorizmning kamligi jihatidan Amerikaga qaranganda yuqori körsatkiçlarga ega. Kanada ovqatlaniş va soğliq, asosiy bilimlar va şaxsiy huquqlar borasida Skandinaviya mamlakatlaridan qolişmaydi. Şuningdek, kanadaliklar adolatliligi bilan ham tanilgan.
Yaponiya
Jahon bankining hukumat samaradorligi, qonun ustuvorligi va siyosiy barqarorlik körsatkiçlari böyiça Yaponiya Osiyodagi eng yuqori reytingga ega mamlakatdir. Osiyoda ijtimoiy rivojlaniş indeksida, asosiy ma'lumotlardan foydalaniş, suv va sanitariya, ovqatlaniş va soğliqni saqlaş xizmatlari böyiça birinçi örinda turadi.












