Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 apreldan «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portali ishga tushadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o‘rnini yaxshilash uchun mas'ul bo‘lgan boshqa vazirliklar, idoralar va tadqiqot institutlari bilan birgalikda 2019 yil 1 aprelga qadar Internet tarmog‘ida quyidagilarni o‘z ichiga olgan «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portalini yaratadi:
· xalqaro reytinglar bo‘yicha yillik hisobotlar, shuningdek, hisobotlarni o‘rganish va e'lon qilish muddatlarini ko‘rsatgan holda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar ahvolini yaxshilashga qaratilgan xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning tavsiyalari;
· xalqaro reytinglar indikatorlari bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasiga oid axborotlar;
· tegishli reytinglar yo‘nalishlari bo‘yicha jamoatchilik fikri so‘rovnomalari, shuningdek, ijtimoiy va ilmiy tadqiqotlar natijalari;
· xalqaro reytinglar savolnomalari shaklida har bir indikator kesimida to‘liq va aniq ma'lumotlar, shu jumladan, statistik ma'lumotlar;
· tegishli reytinglar bo‘yicha turli ijtimoiy so‘rovlarni o‘tkazish imkoniyati;
· tegishli xalqaro reyting metodologiyasi bo‘yicha onlayn o‘qitish resursi;
· respondentlar tomonidan joylarda qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni taqdim etish imkoniyati.
Prezident qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portali faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yangilash bo‘yicha mas'ul organ etib belgilanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda «Yuksalish» umummilliy harakati O‘zbekiston Respublikasining asosiy xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning natijalari to‘g‘risidagi axborotni, jumladan, subsidiyalar, grantlar ajratish hamda ijtimoiy buyurtmalar berish orqali xalqaro reytinglarni tuzuvchilarga yetkazish borasidagi ishlarga fuqarolik jamiyati institutlarini faol jalb etishni ta'minlaydi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026