Hududlarning huquq ustuvorligi indeksining 2022 yil yakunlari bo‘yicha natijalari muhokama qilindi
14 dekabr kuni Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Senat raisi, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.
Yig‘ilishda kengash a’zolari, vazirlik va idoralar mutasaddilari, shu jumladan Adliya vazirligi vakillari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Qayd etilganidek, 2023 yil davomida mamlakat uchun ustuvor bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy sohaga oid 9 ta, siyosiy-huquqiy sohada 10 ta xalqaro reyting natijalari e’lon qilindi. Xususan, Transparency International xalqaro tashkilotining Korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston 14 pog‘onaga ko‘tarilib, 180 ta davlat orasida 126-o‘rinni egalladi.
Tadbirda Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyevning Hududlarning huquq ustuvorligi indeksining 2022 yil natijalari bo‘yicha axboroti tinglandi hamda muhokama qilindi. Tahlillarga ko‘ra, eng yaxshi ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatida (72,5 ball) qayd etilgan bo‘lsa, eng quyi ko‘rsatkichlar Farg‘ona (66,3 ball), Samarqand (66,4 ball) va Buxoro viloyatlarida (67,7 ball) qayd etilgan.
Hududlarda qonun hujjatlariga rioya qilinishi indikatorida ijobiy ko‘rsatkichlarga (2022 y. 81 ball, 2021 y. 73 ball) erishilgan bo‘lsa, Mahalliy ijro organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati (-15 ball), Hududlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligi (-5 ball) indikatorlarida umumiy natijalar pasaygan.
Hududlarning huquq ustuvorligi indeksining 2022 yilgi tahlil natijalari bo‘yicha past ko‘rsatkichlar qayd etilgan sohalar hamda hududlar kesimida tanqidiy muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha choralar belgilab olindi.
Shuningdek, yig‘ilishda prezidentning 2022 yil 18 maydagi «Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat va amaliy faoliyat uyg‘unligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–246-sonli qarori ijrosi ko‘rib chiqildi.
Jumladan, xalqaro reytinglarning tarkibiy indikatorlarida muntazam past baholanib kelinayotgan soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish bo‘yicha qabul qilinishi kerak bo‘lgan o‘rta va uzoq muddatli strategiyalar loyihalari muhokama qilindi.
Qolaversa, xalqaro reytinglarning past ko‘rsatkichli indikatorlari uchun mas’ul davlat organlari tomonidan soha va tarmoqlardagi mavjud tizimli xatoliklarni bartaraf etish loyihalarini ishlab chiqish uchun ilmiy grantlarga buyurtma berishi holati tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda mamlakat uchun ustuvor etib belgilangan reytinglar metodologiyalarining tez-tez o‘zgarib turishi, ularning vaqtinchalik yoki mutlaqo tugatilishi amaliyotda muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltirayotgani sababli xalqaro reytinglar bilan ishlash tizimini qayta ko‘rib chiqish zarurati yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, Konstitutsiyada «O‘zbekiston – ijtimoiy davlat» ekani belgilanib, aholining ijtimoiy himoya qilinishi mamlakat siyosatining bosh mezoni sifatida ko‘rilayotganidan hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan keng chora-tadbirlar amalga oshirilayotganidan kelib chiqib, Ijtimoiy taraqqiyot indeksi va Ekologik samaradorlik indeksi bilan ishlash maqsadga muvofiqligi muhokama qilindi.
Tadbirda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlarining axboroti eshitilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Xususan, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy-huquqiy sohaga oid xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga, jumladan, Global innovatsiya indeksining 2023 yil hisobotida qayd etilgan past indikatorlar bo‘yicha O‘zbekiston pozitsiyasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi.
Yig‘ilish yakunida respublika kengashining tegishli qarori qabul qilindi.
Mavzuga oid
20:50 / 07.08.2024
O‘zboshimcha egallangan yer qanday qonuniylashtiriladi? Yangi qonun bo‘yicha mutaxassis bilan suhbat
09:43 / 24.07.2024
Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilmoqda
18:02 / 11.07.2024
Hokim va hokim o‘rinbosarlari uchun manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi
19:45 / 27.06.2024