Bu yil respublika böylab 1,5 millionga yaqin abituriyent OTMlarga hujjat topşirdi. Demak, şunça Özbekiston fuqarosi oliy ma'lumotli  böliş istagida bölgan. Bakalavr (kunduzgi, keçki va sirtqi) yönalişlar uçun qariyb 140 ming nafar abituriyent talaba böldi. Örtaça olganda, bitta örin uçun 10 nafar abituriyent kuraşdi.

Uşbu tendensiyaga, albatta, odatiy holat sifatida qaralişi kerak. Çunki bilimlilargina öqişga kirişga haqli.

Bugungi kunda amalda bölib turgan Prezident va Hukumat qarorlariga muvofiq oliy ta'lim muassasalariga kirişda quyidagi imtiyozlar joriy etilgan:

  • Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari,
  •  “Mard öğlon” davlat mukofoti sohiblari,
  • “Nihol” mukofotiga sazovor bölganlar,
  • tasviriy san'at böyiça respublika tanlovi ğoliblari,  
  • olis çöl tumanlarida kamida uç yildan buyon istiqomat qilayotganlar,
  • Namangan viloyati Töraqörğon tumanidagi Işoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslaştirilgan maktab-internatning butun öqiş davrini a'lo baholarga öqigan bitiruvçilari;
  • Yoşlar Ittifoqining faol a'zolari;
  • harbiy soha kadrlarining farzandlari;
  • içki işlar organlari xodimlarining farzandlari;
  • “Temurbeklar maktabi” bitiruvçilari;
  • imkoniyati çeklangan yoşlar;
  • mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari;
  • “Tarbiyaçi” körik-tanlovi ğoliblari;
  • Xalqaro olimpiadalar ğoliblari;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar;
  • söxlik maktab bitiruvçilari uçun 500 ta grant.

Imtiyozlarning bölişi, balki, yomon emasdir. Davlat şu yöl bilan jamiyatning ma'lum qatlamini yanada rağbatlantirişni maqsad qilgan. Ammo tanganing ikkinçi tarafi ham bor: ayrim toifa abituriyentlariga bu tarzda imtiyozlar berilişi boşqalarning imkoniyatlarini çeklab qöymayotganmikin?