Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyada metro poyezdi halokatdan so‘ng kit haykalining dumi ustida turib qoldi
Voqea Speykenisse shahridagi De Akkers stansiyasida sodir bo‘lgan.
Rotterdam shahri yaqinida metro mashinisti boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida poyezd izidan chiqib ketdi va kanalga qurilgan kit haykalining dumi ustida turib qoldi. Bu haqda Dutch News xabar bermoqda.
Voqea Speykenisse shahridagi De Akkers stansiyasida sodir bo‘lgan. Poyezdda faqat mashinistning o‘zi bo‘lgani aytilmoqda. Unga hech qanday shikast yetmagan.
Endilikda temir yo‘l kompaniya-operatori poyezdni xavfsiz tarzda haykal ustidan olish bo‘yicha operatsiyaga tayyorlanmoqda.

"Kit dumlari" – haykaltarosh Marten Streysning poliesterdan tayyorlagan ijod mahsuli hisoblanadi. Haykal 2002 yilda o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
16:30 / 10.06.2026
“Chinor” metro bekati 50 kunga yopiladi
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
19:11 / 08.06.2026