Içki işlar vazirligi taqdim etgan ma'lumotga köra, voyaga yetmaganlar orasida, afsuski, qotillik, oğir tan jarohati yetkaziş, nomusga tegiş, bosqinçilik, talonçilik, bezorilik, öğrilik, giyohvand moddalar iste'mol qiliş yoki sotiş bilan boğliq oğir jinoyatlar ham uçrab turadi.

Statistikaga köra, respublikada voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 2018 yilda 938 tani, 2019 yilda 739 tani, 2020 yilning birinçi yarmida 338 tani taşkil etgan.

Xöş, voyaga yetmaganlarning jinoyat sodir etişiga nimalar sabab bölmoqda?

Tahlillarga köra, qotillik jinoyatlari uçun hukm qilinganlar köp hollarda nosoğlom muhitda tarbiya topgan bölib çiqadi. Ularning 20 foizga yaqini ota-onasiz, uçdan bir qismi töliqsiz oilada (ota yoki onasiz) ösgan.

Har beşinçi holatda oilaning töliqsizligi ota yoki onaning sudlangani bilan boğliq bölmoqda. Ota yoki onaning jinoyat yöliga kirişi bolaning ham şu yöldan borişiga turtki böluvçi asosiy omillardan biri sanaladi.

Ösmirlar jinoyatçiligi köpinça oiladagi muhitga boğliq böladi

Psixolog Zebiniso Ahmedova voyaga yetmaganlarni jinoyat qilişga undaydigan omillar haqida gapirar ekan, ular orasida bolaga yetkazilgan ruhiy va jismoniy jarohatni alohida ta'kidlaydi.

«Voyaga yetmaganlar jinoyatlarining aksariyati ularning ota-onadan ajralib çiqiş jarayonida sodir böladi, ya'ni ösmirlarda mustaqil qaror qabul qiliş jarayoni boşlangan davrda. Ösmirning voyaga yetiş davri 9-12 yoş va 12-16 yoşga bölinadi. Şu vaqtda bolada öziga işonç va hurmat şakllantirilmasa, uning orzulari ota-ona tomonidan qöllab-quvvatlanmasa, u özini heç narsaga qodir emasdek his qila boşlaydi. Natijada bu bola dunyoga nafrat bilan ulğayişi mumkin.

Agar oilada bolaning ehtiyojlari va taşvişlari bilan heç kim qiziqmasa, unga beparvo bölib, fikri e'tiborga olinmasa va unga nisbatan zöravonlik işlatilsa, u öz şaxsini buzğunçilik va jinoyat sodir etiş orqali körsatişga harakat qiladi. Xullas, bolaga ruhiy va tan jarohati yetkazilsa, u boşqalarga nisbatan şunday harakat qilişdan qörqmay qöyadi.

Ba'zan bir sinfdan oliygohlarga juda kamçilik öqişga kiradi. Qolganlarida esa jamiyatga kerak ekanliklari töğrisida şubha paydo bölişi mumkin. Keyin ular mardikorlik yoki şunga öxşaş mayda işlarga özini uradi. Buning oldini oliş uçun ota-ona farzandini ilm olişga rağbatlantirişi, öqişi uçun zarur şaroitni yaratib berişi kerak.