Fransiya hukumati bir hafta oldin Luvrni qöpol ravişda talon-toroj qilişda gumon qilingan ikki kişini hibsga olgan. Avvaliga bu haqda mahalliy OAV xabar berdi, keyin Parij prokuraturasi buni tasdiqladi, ammo qölga olinganlar soni rasman oçiqlanmayapti.
Ma’lum qilinişiça, gumonlanuvçilardan biri şanba kuni keçqurun soat 22:00 atrofida «Parij – Şarl-de-Goll» aeroportida samolyotga ötirib, xorijga uçmoqçi bölganida qölga olingan. Ikkinçisi köp ötmay Parij çekkasida qölga tuşgan.
Parisien xabariga köra, uşbu şaxslar Parij çekkasidagi Sen-Sen-Deni şaharçasida yaşagan. Qayd etilişiça, ular oldindan politsiya röyxatida bölgan.
Ularning şaxsiyati haqida hozirça heç narsa ma’lum emas. AFP manbasiga köra, erkaklardan biri Jazoirga uçayotgan samolyotga çiqmoqçi bölgan.
Luvrning talon-toroj qilinişi ötgan yakşanba kuni sodir bölgandi – kuppa-kunduzi dunyoning eng köp taşrif buyuriladigan muzeyidan 88 million yevrolik (100 million dollardan ortiq) tarixiy boyliklar öğirlab ketilgandi.
Fransiya adliya vaziri xavfsizlik protokollari «işlamagani» va bu mamlakatga katta zarar yetkazganini tan oldi.
Parij prokurori Lora Bekkua ham gumondorlar qölga olingani haqidagi xabarlarni tasdiqladi, biroq tergov ma’lumotlari jamoatçilikka barvaqt ma’lum bölganidan afsusdaligini bildirdi.
«Tergovçilar 2025 yil 25 oktyabr, şanba kuni keçqurun, Luvr talon-toroj qilinganidan bir hafta ötganida hibsga olişni amalga oşirganini tasdiqlayman. Hibsga olingan erkaklardan biri mamlakatni tark etişga tayyorgarlik körayotgan bölgan», – deyiladi BBC söroviga javoban kelib tuşgan bayonotda. Unda qölga olinganlar soni keltirilmagan.
«Tergov manfaatlarini hisobga olmagan holda bu ma’lumotlarni oşkor qilganimdan juda afsusdaman. Bu öğirlangan qimmatbaho buyumlarni ham, barça jinoyatçilarni ham qidirişda iştirok etayotgan yuzlab tergovçilarning işlariga faqat zarar yetkazişi mumkin. Qöşimça tafsilotlar berişga hali erta. Gumonlanuvçilarni söroq qiliş yakunida (96 soatgaça davom etişi mumkin) qöşimça ma’lumot beraman», – deya qöşimça qildi prokuror.

Luvrdagi öğirlik ötgan yakşanba kuni sodir bölgandi. Jinoyatçilar zinapoya yordamida muzey binosidagi deraza oldiga çiqib, oyna va romni kesib, içkariga kirişgan.

















