Jahon | 22:46 / 03.11.2020
2582
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada karantinga qarshi norozilik namoyishining 400dan ortiq qatnashchisi hibsga olindi

Viktoriya shtati parlamenti binosi oldida bir necha yuz nafar namoyishchi yig‘ilgan. Namoyish vaqtida politsiya maxsus vositalardan foydalangan, bir politsiyachi jarohatlangan.

Foto: Quinn Rooney / Getty Images

Avstraliya politsiyasi Melburn shahrida koronavirus sababli joriy etilgan karantin choralariga qarshi norozilik namoyishining 400dan ortiq qatnashchisini hibsga oldi. Bu haqda ABC telekorporatsiyasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 404 kishi qo‘lga olingan bo‘lib, 395 kishiga ommaviy yig‘ilishlar taqiqlanishi, harakatlanish, niqob taqish qoidalari buzilishi bo‘yicha jarima solingan.

Qo‘lga olinganlarning aksariyati qo‘yib yuborilgan. Olti kishi politsiyachilarga hujum qilganligi, shaxsi haqida yolg‘on ma'lumot bergani uchun hibsda qoldirilgan.

Xabar qilinishicha, Viktoriya shtati parlamenti binosi oldida bir necha yuz nafar namoyishchi yig‘ilgan. Namoyish vaqtida politsiya maxsus vositalardan foydalangan, bir politsiyachi jarohatlangan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Avstraliyada koronavirus yuqtirganlar soni 27,6 mingdan ortiq bo‘lib, 907 kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid